12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari Reja


Isbotlash va uning tarkibi. Isbotlash turlari


Download 280.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana02.01.2022
Hajmi280.21 Kb.
#199163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari

Isbotlash va uning tarkibi. Isbotlash turlari. 

Isbotlash  bir  hukmning  chinligini  u  bilan  bog‘liq  boshqa  chin  hukmlar  yordamida 

asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, 

argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstratsiya. 

Tezis  –  chinligi  asoslanishi  lozim  bo‘lgan  hukm,  u  isbotlashning  markaziy  figurasi 

hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning 

o‘zidan, yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalari, 

yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan  iborat bo‘ladi. 



Argumentlar  –  tezisning  chinligini  asoslash  uchun  keltirilgan  hukmlar.  Argumentlar 

sifatida  faktlarni  qayd  qiluvchi  hukmlar,  ta’riflar,  aksiomalar,  teoremalar,  qonunlar  hamda 

boshqa  empirik  va  nazariy  umumlashmalar  xizmat  qiladi.  Argument  sifatida  keltirilgan  faktlar, 

albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim. 

Ta’riflar  ham  chin  hukmlar  bo‘lib,  ulardan  argument  sifatida  foydalanish  mumkin. 

Masalan, «Harakat – bu har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta’rif chin hukmdir. 

Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. 

Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas. 




Teoremalar  va  qonunlarning  chinligi  isbotlangan  bo‘ladi,  ularni  hech  ikkilanmasdan 

argument qilib olish mumkin. 




Download 280.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling