12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari Reja


Download 280.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana02.01.2022
Hajmi280.21 Kb.
#199163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari

Isbotlash  usuli  –  demonstratsiya  tezis  bilan  argumentlar  o‘rtasidagi  mantiqiy  aloqadan 

iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan 

keltirib chiqariladi. 

Isbotlashning  ikki  turi  mavjud:  bevosita  isbotlash,  bavosita  isbotlash.  Bevosita 

isbotlashda  tezisning  chinligi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  argumentlar  bilan  asoslanadi,  unda  tezisga  zid 

bo‘lgan  hukmlardan  foydalanilmaydi.  Tezis  ko‘p  hollarda  yakka  hodisani  ifoda  qilib  keladi  va 

ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi 

asoslanadi.  Masalan,  «O‘zbekiston  –  mustaqil  davlatdir»,  degan  hukm  (tezis)ning  chinligi 

«O‘zbekistonning  mustaqil  davlat  deb  e’lon  qilinishi,  uning  xalqaro  miqyosda  e’tirof  etilishi» 

kabi asoslar yordamida isbotlanadi. 

Bavosita  isbotlashda  esa  tezisning  chinligi  unga  zid  bo‘lgan  hukmning  (antitezisning) 

xatoligini  ko‘rsatish  orqali  asoslanadi.  Antitezis  qanday  shaklda  ifodalangan  bo‘lishiga  qarab 

apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik isbotlash tezis (a) va antitezis (



)  o‘rtasidagi  munosabatga  asoslanadi.  Masalan,  «Materiya  harakatsiz  mavjud  emas»,  degan 

hukmning  chinligini  asoslash  uchun  unga  zid  bo‘lgan  «Materiya  harakatsiz  mavjud»,  degan 

hukm olinadi. 

Apagogik  isbotlashda  antitezis  topilib  (1-bosqich),  vaqtincha  chin  deb  qabul  qilinadi  va 

undan  ma’lum  bir  natija  keltirib  chiqariladi  (2-bosqich),  so‘ngra  bu  natijalarning  xatoligi 

ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz 

mavjud»,  degan  hukm  chin  bo‘lsa,  «Moddiy  predmetlar  strukturasiz  mavjud»,  degan  fikr 

(antitezisdan  kelib  chiqqan  natija)  ham  chin  bo‘ladi.  Bizga  ma’lumki,  moddiy  predmetlar 

tarkibsiz  (uni  tashkil  qiluvchi  elementlar  va  ularning  o‘zaro  aloqasisiz)  mavjud  emas.  Demak, 

«Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa «Materiya harakatsiz mavjud emas», 

degan fikrning chinligi asoslanadi. 




Download 280.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling