12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari Reja
Download 280.21 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
I.
Tezisni rad etish. Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud: 1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo‘lib o‘tgan voqealar, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, «Sovet davrida O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan», degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalani Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz. 2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu bema’nilik bo‘ladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha(a→b)→((a→b)→a) 3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo‘lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi. Masalan, Prezidentimiz I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asarida «Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar qilgan», degan tezisni shunday rad etadi: «Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo‘lmaydi. Qonxo‘r odam «Kuch – adolatda», deyishi mumkinmi?». Download 280.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling