12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish


Kontrakt tannarxini kalkulyatsiya kilish


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana09.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1346804
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish

Kontrakt tannarxini kalkulyatsiya kilish jarayonida, har bir kontrakt 
kalkulyatsiya kilinayotgan mahsulotning alohida birligini bildiradi, shuning uchun 
har bir kontrakt buyicha xarajatlar bosh buxgalteriya kitobining alohida schyotida 
yig’ib boriladi. Xarajatlarning turli elementlari quyidagilar bilan bog’lik:
Asosiy materiallar
Kontraktga kiritiladigan materiallar ham maxsus sotib olingan materiallardan, 
ham pudratchining omborida mavjud bo’lgan materiallardan iborat bo’lishi 
mumkin. Bunda tegishli xarajatlar kontrakt schyotiga debetlanadi. Ishlab chiqarish 
joyida materiallarni nazorat qilishga kontrakt shartlariga muvofiq materiallarni 
kelib tushishi va qurilish uchastkasidan ortiqcha materiallarni qaytarilishini 
hisobga olishning samarali tadbirlarini tashkil etishning qiyinligi to’sqinlik qilishi 
mumkin.
Ishlab chiqarish ishchilarning ish haqlari
Kontraktga kiritiladigan mehnat xarajatlari reja va hujjatlarni ishlab chiqish 
bilan bog’liq xarajatlar, korxonadagi ishlab chiqarish muomalalari va qu-rilish 
uchastkasidagi ishlardan iborat bo’ladi. Kontrakt bo’yicha qurilish uchast-kasidagi 
barcha ishlar to’g’ri mehnat sifatida qaraladi. Turli uchastkalardagi qu-ruvchilar 
tomonidan ish vaqtini ochib berish uchun ish vaqtini hisobga olib boruv-chi 


tabellarni yuritish zarurati paydo bo’lishi mumkin. Bunday mehnat xarajatlari 
kontrakt schyotiga debetlanadi. 
To’g’ri xarajatlar 
Materiallar va mehnatdan tashqari muhim axamiyatga ega bo’lgan kontrakt 
bilan bog’liq to’g’ri xarajatlar ham mavjud. Ushbu toifadagi xarajatlarga ikki 
asosiy moddalar, xususan ishlab chiqarish uskunalari va subpudratchilar 
tomonidan bajarilgan ishlar kiradi.  
Ishlab chikarish uskunalari 
Ishlab chiqarish uskunalari kontrakt uchun maxsus sotib olinishi 
mumkin. Ushbu holatda kontrakt hisobvaragi sotib olingan uskuna tannarxiga 
debetlanadi. Yoki uskunalar boshqa kontraktlar orqali berilishi ham mumkin. 
Bunday holatda qisman hisobdan chiqarilgan qiymat bizning kontrakt schyotiga 
debetlanadi va u hisobdan chiqarilgan kontrakt schyotiga kreditlanadi. Har bir 
hisobot davrining oxirida egalik huquqidagi ishlab chiqarish uskunalarining 
amortizatsiya so`mmasi kontrakt hisobvaragida kreditlanib aks ettiriladi (ya’ni 
qoldiq keyingi davrga o’tkaziladi). Buxgalteriya yozuvlarining sof natijasi shundan 
iboratki, ish-lab chiqarish uskunalarining amortizatsiyasi kontrakt schyotiga 
avtomatik tarzda debetlanadi. Ishlab chiqarish uskunalari ma’lum bir kontrakt 
asosida foydalanish uchun ijaraga olinishi mumkin. Kompaniya bunday ishlab 
chiqarish uskunalariga ega bo’lmaganligi uchun, buxgalteriya yozuvlari kontrakt 
schyotiga debetlanadigan ijara xarajatlaridan iborat bo’ladi. SHuningdek kontrakt 
hisob varagini kompaniyaga tegishli ishlab chiqarish uskunalarining ijarasi 
bo’yicha shartli xarajatlar bilan debetlash mumkin, bunda ijaraga olingan ishlab 
chiqarish uskunalari alohida iqtisodiy birlik sifatida hisobga olinadi. 
Subpudratchilar (subkontrakt) bo’yicha ishlar
Yirik kontrakt yoki ishning ma’lum bir jihatlari mutaxassislar yoki maxsus 
xizmatlar ko’rsatish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan holatda kompaniya subpud-
ratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchilar tomonidan bajarilgan har qanday 
ishlar to’g’ri xarajatlar bo’lib hisoblanadi va kontrakt schyotiga debetlanadi 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling