12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tannarxni jarayonli kalkulyatsiya qilishning xususiyatli tomonlari bo’lib, b
Egri xarajatlar
Aksariyat pudratchilar o’z xarajatlarini alohida kontraktlar bo’yicha taqsimlashga harakat qilmaydilar, chunki ular to’g’ri xarajatlarga nisbatan unchalik sezilarli emas. SHunga qaramay agar egri xarajatlarni taqsimlash amalga oshirilsa, kontrakt schyotiga sezilarli so`mma debetlangan bo’lar edi. Tannarxni jarayonli kalkulyatsiya qilishning xususiyatli tomonlari bo’lib, bu usul asosan ommaviy tarzda bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoki bir necha turdagi mahsulot ishlab chiqarilgani bilan ular doimo qaytariluvchi jarayonlarga bo’lingan ishlab chiqarishlarda qo’llaniladi. Bunday tarmoqlar sifatida kimyo, tsement ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, lak-buyoq va to’qimachilik kabi korxonalarini keltirish mumkin. Jarayonli usulning buyurtmali usuldan printsipial farqi kalkulyatsiya o’bekti bo’lib alohida olingan jarayon olinishidadir. Jarayonli kalkulyatsiya tizimidan foydalanayotgan ishlab chiqarishda mahsulot bir bo’lim (jarayon)dan ikkinchisiga to tayyor holatga kelgunga qadar o’tib boradi. Har bir jarayon umuman ishlab chiqarish jarayonining qaysidir bir qismini bajaradi va buyumni muomala bajarilib bo’lgach yana ishlovi ko’zda tutilayotgan jarayonga etkazadi. Xarajatlarni yig’ib borish ishlab chiqarish jarayoniga paralel tarzda olib boriladi. Har bir jarayon uchun nazorat schyotlari ochilib, to’g’ri va egri xarajatlar aniqlanib chiqiladi. To’g’ri xarajatlar buyurtmali kalkulyatsiya tizimiga o’xshash tarzda aniqlanib, har bir jarayon uchun to’g’ri material va ish haqi xarajatlarini o’z ichiga oladi. Ammo bu usulda hisob – kitoblar ancha oson. CHunki bu usulda buyurtmali usulga o’xshab xarajatlarni har bir mahsulot bo’yicha detallashtirish zarur emas. Yana bir farqi shundaki, buyurtmali usulda egri xarajat hisoblangan ayrim xarajatlar bu usulda to’g’ri xarajatlarga aylanadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish yoki jarayon ichidagi asosiy vositalari amortizatsiyasi va boshqalar. CHunki ular kalkulyatsiya o’bekti bo’lgan jami jarayonga tegishli bo’lib, xarajatlar hisobi yo’nalishiga kiradi. Ammo ba’zi hollarda bo’lsa ham yil boshi va oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish mavjud ekan, mahsulot birligining tannarxini aniklash qo’shimcha hisob-kitoblarni qilishni talab kiladi. Yarim tayyor mahsulotlar tayyor mahsulotga nisbatan pastroq tannarxga ega. SHuning uchun jarayonda davr boshiga va oxiriga TICH koldigi mavjud bo’lgan holda mahsulot birligi tannarxini umumiy xarajatlarni jarayonda olingan birliklar soniga taqsimlab topib bo’lmaydi. Masalan: hisobot davri ichida 8000 birlik to’lig’icha qayta ishlovdan o’tdi, yana 2000 birligi esa yarim tayyor mahsulot holiga keltirildi. Bu holatda mehnat birligining tannarxini ikkala birlikni qo’shish orqali aniqlab bo’lmaydi. SHuning uchun hali qayta ishlov jarayonida bo’lgan yarim fabrikatlarni tayyor mahsulotning ekvivalent birligiga keltirib olish lozim. Buning uchun, qilingan ishlarning tugallanish darajasini aniklash va uni hisobot davri oxiriga qayta ishlovda qolgan birliklar soniga ko’paytirish lozim. Agar yuqorida 2000 dona yarim fabrikat 50% ga tayyor bo’lgan bo’lsa, uni 1000 ta (2000 50%) ekvivalent birlikdagi mahsulot sifatida qabul qilish mumkin. SHundan so’ng uni to’la tayyor bo’lgan 8000 dona mahsulotga qo’shib, tayyor mahsulotning jami ekvivalent chiqishi miqdorini topish mumkin. U (8000q1000) ekvivalent birlikka teng. SHundan so’ng mahsulot birligi tannarxi odatdagidek hisoblab topiladi. Agar hisobot davridagi umumiy tannarx 18000 m.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, to’liq ishlovdan o’tgan mahsulot birligi tannarxi 2000 so’mni tashkil kiladi, hamda tannarx kelgusi jarayonga beriladigan mahsulot birligi va tugallanmagan ishlab chi-arish o’rtasida quyidagicha taqsimlanadi: To’liq ishlovdan o’tgan va kelgusi jarayonga berilgan mahsulotlar (8000dona 2000) 16000 m.so’m Tugallanmanmagan ishlab chiqarish (1000 ekv.birlik2000) 2000 m.so’m Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling