12-mavzu. Ergonomika va texnik estetika talablariga asosan konstruksiyalash. Reja


Download 188 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi188 Kb.
#1530235
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu.


12-mavzu.


Ergonomika va texnik estetika talablariga asosan konstruksiyalash.


Reja:



  1. Asbob samaradorligi va sifatiga ergonomik va texnik estetika talablarining ta’siri.

  2. Asbob konstruksiyasini badiiy bezash Kompozitsiya asoslari.



Asbob samaradorligi va sifatiga ergonomik va texnik estetika talablarining ta’siri.


Ergonomika (yun.—ish, mehnat va — qonun)—kishi (kishilar guruhi)ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq holda kompleks o‘rganadigan fanmehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining o‘zaro ta’siri va aloqalarini tadqiq etadi.
Ergonomika ishlab chiqarishning amaliyot ehtiyojlari ta’sirida, korxonalar faoliyatida inson omili rolining ortib borishi, fan-texnika taraqqiyoti natijasida ilmiy-amaliy fan sifatida paydo bo‘ldi. Eksperimental psixologiya, fiziologiya va mehnat gigienasi ta’sirida shakllandi; tibbiyot, biologiya., biomexanika, antropometriya, psixofiziologiya, sotsiologiya, matematika, injenerlik va texnologik fanlar ma’lumotlari va metodologiyasidanmehnatni tashkil etish va normalash tamoyillaridan foydalanadi, umumiy va ijtimoiy psixologiya, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiy matematik modellashtirish bilan bog‘liq.
Ergonomik tadqiqotlarining maqsadi — xodimning ishlab chiqarishdagi tabiiy, ijtimoiy-psixologik va texnik-tashkiliy sharoitlarga moslashuvini osonlashtirishdan iborat. Ergonomika diqqat markazida ishlab chiqarishdagi aniq sharoitlarda inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitini inson organizmi xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirish yo‘llari va usullarini topish turadi. Ergonomika o‘z tadqiqotlari asosida mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat jarayonini qayta tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Ergonomika bo‘yicha barcha amalga oshiriladigan ishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlovchilar uchun qulayliklar yaratish va ayni paytda ularning salomatligini ta’minlashga qaratiladi. SHuning uchun barcha mehnat vositalari, qurollari, mashinalar ergonomika talablarini hisobga olib loyihalashtiriladi va ishlab chiqariladi. Ergonomika bilan firma va kompaniyalarda dizaynerlar shug‘ullanadilar.
Estetika (yun. — his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo o‘rtasidagi qadriyat munosabatining o‘ziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini o‘rganuvchi falsafiy fan.
Estetika nafosat, did, go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, mo‘‘jizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish ko‘radi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida o‘rin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik va h. k. jihatlarni o‘z ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat ba’zan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling