12-mavzu. Ergonomika va texnik estetika talablariga asosan konstruksiyalash. Reja
Download 188 Kb.
|
12-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gigienik ko‘rsatkichlar
- Antropometrik ko‘rsatkichlar
- Fiziologik va psixofiziologik ko‘rsatkichlar
Inson faktori ko‘rsatkichlari
Konstruksiyalarni ergonomik ishlab chiqish – umumiy qoidalar badiiy konstruksiyalash jarayonining bir qismidir. Ergonomika mukammal buyumlar va optimal ish sharoitlarini yaratish maqsadida mehnat jarayonlarida odamning funksional imkoniyatlarini o‘rganadi. Majmuaviy ergonomik ko‘rsatkichlar to‘rtta guruhga bo‘linadi: gigienik; antropometrik; fiziologik va psixofiziologik; psixologik. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha umuman mahsulotning va xususan konstruksiyaning sifati baholanadi: Gigienik ko‘rsatkichlar: yoritilganlik darajasi; ventilyasiyalanish darajasi; harorat; namlik; havoning changliligi va bosimi – mikroiqlim; mexanik va fizikaviy omillar: elektr va magnit maydonining kuchlanganligi; radiatsiya (nurlanish); zaharlilik; shovqin va vibratsiyalar; gravitatsion yuklamalar va tezlanishlar - bu ko‘rsatkichlar mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligining predmeti bo‘lib hisoblanadi. Antropometrik ko‘rsatkichlar, ob’ekt konstruksiyasining odam tanasining o‘lchamlari va shakliga, tana massasining taqsimlanishiga muvofiqligi bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkichlar turli ishchi pozalarda odam tanasining hal qiluvchi o‘lchamlarini buyumning mos keluvchi o‘lchamlari bilan solishtirish bilan aniqlanadi. Bir qator hollarda odamning boshi va qo‘l barmoqlarining o‘lchamlarini hisobga olish zarur bo‘ladi. Fiziologik va psixofiziologik ko‘rsatkichlar, ob’ekt konstruksiyasining odamning quyidagi imkoniyatlariga muvofiqligi bilan belgilanadi: kuch, tezlik, energiyalilik, ko‘rish, eshitish, his qilish, hid bilish va ta’m bilish. Konstruksiyani ergonomik ishlab chiqishning asosida ergonomik parametrlarning to‘liq jamlanmasi yotadi, bu optimal badiiy-konstruktorlik echimini topish imkonini beradi. Ergonomik ishlab chiqish ergonomik tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Ergonomik tahlil qilish turli-tuman tadqiq qilish uslublarini qo‘llaydi, masalan: sotsiologik usullar (so‘rovnoma); vizual (organometrik) usullar; xronometraj va fotoxronometrajni qo‘llash bilan (fotosur’atlar, kino-, videogrammalar) odam-operatorning ish siklogrammalarini tuzish; elektrofiziologik usullar. Ergonometrik ishlab chiqishning asosiy bosqichlari ob’ektni ishlab chiqishning bosqichlari bilan belgilanadi: Texnik taklif bosqichida – ishlab chiqilayotgan ob’ektning analoglari va prototiplarini (faqatgina eng yaxshilarini emas, balki “yomon”larini ham) ergonomik tahlil qilish, shuningdek ob’ekt faoliyat ko‘rsatadigan konkret sharoitlarni detalli tahlil qilish va ko‘proq quyidagi muhim ergonomik ko‘rsatkichlarni aniqlash kerak: Eskiz loyiha bosqichida – ergonomik tahlilning qidiruv bosqichi, ob’ekt konstruksiyasining bir nechta variantlari (badiiy-konstruktorlik echimlari) ko‘rib chiqiladi; Texnik loyiha bosqichida – indikatorli va regulyatorli boshqarish panellari va pultlarini diqqat bilan ergonomik ishlab chiqish bilan ob’ektni yakuniy badiiy- konstruktorlik komponovkalash kerak bo‘ladi; Ishchi loyihalash bosqichida – qabul qilingan badiiy-konstruktorlik echimlarining muallif tomonidan nazorat qilinishi zarur. Ergonomik tahlil qilishda omillarning quyidagi asosiy guruhlari hisobga olinadi: odam-operatorning antropometrik, psixofiziologik, biomexanik va gigienik ma’lumotlari qanchalik hisobga olingan; ish joyi odam-operatorga tabiiy va etarli tana holatini, etarlicha ishchi kenglikni, ishchi tana holatini almashtirish imkoniyatini (masalan, o‘tirish-turish), ob’ektning barcha funksional muhim tugunlari va elementlarining yaxshi ko‘rinishini, operativ xizmat ko‘rsatish va profilaktika qilish sharoitlarini ta’minlashini; ob’ektning ranglar echimi odam-operatorda ijobiy his-tuyg‘ularni chaqiradimi va mehnat jarayonining yoqimsiz ta’sirlarini kompensatsiyalashini; odam-operatorga kelib tushadigan ma’lumotlar ko‘rgazmali va unda tarkib topgan tasavvurlar va harakatlarning stereotiplariga mos keladigan bo‘lib hisoblanishini hisobga oladi. Ergonomik tahlil qilishda ko‘pincha ish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ana shu guruhlari bo‘yicha savollar ro‘yxatini o‘z ichiga oladigan nazorat kartalari qo‘llaniladi. Ergonometrik tahlil qilishda quyidagilar hisobga olinishi zarur: o‘rin-joyning iqlim sharoitlari; xonaning mikroiqlimi va uning jihozlari; operatorning talab qilinadigan ish ritmi, ishchi operatsiyalarning bajarilish chastotasi va bajarilish aniqligi; operatorning asosiy (tiplashgan) qidiruv marshrutlarining tavsifi, ishchi tana holatini almashtirish zarurati va imkoniyati, boshqa operatorlar bilan o‘zaro harakatlar. 64-rasm. Qo‘l va oyoq uchun o‘lchamlar nisbati va ish zonasi. a-qo‘lning ish zonasi: 1-optimal; 2-maksimal; 3-o‘rtacha; 4-tik va o‘tirish holati bo‘yicha oyoqning ishchi zonasi. Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling