12-mavzu. Ergonomika va texnik estetika talablariga asosan konstruksiyalash. Reja
Download 188 Kb.
|
12-mavzu.
Kompozitsiya - lotincha so‘z bo‘lib, bog‘lash, birlashtirish, struktura kabi maonolarni anglatadi. Kompozitsiya – o‘lchash asbobi yoki sanoat asarining g‘oyaviy – badiiy mazmunini ochib beruvchi, uning asosiy elementlari va qismlarini ma’lum sistema va ketma-ketlikda joylashish obrazlarning bir butun bo‘lib, o‘xshalishi usullarini ochib beruvchi vositadir. U ob’ekt detallarining bir-birlari bilan mos holda, bejirimligi, badiiy bir-birlari bilan birikib bitta butun garmonik uyushma hosil qiladi. Kompozitsiyaning prinsiplarini bilmay turib va ulardan to‘g‘ri foydalanmay turib, ob’ektning maqsadini tushunish mumkin emas. Kompozitsiya nazariyasi texnikada rivojlanishiga sanoatshunos olim YU.S.Somov katta xissa qo‘shgan. Uning kompozitsiya va sanoat buyumlarini shakllantirish nazariyalari tektonika va xajmiy – fazoviy struktura kabi kriteriyalarga asoslangan. Kompozitsiyaning asosiy vositalari bo‘lib, tektonika va xajmiy-fazoviy struktura xizmat qiladi.
Ob’ekt kompozitsiyasiga funksional estetik va texnik-iqtisodiy talablarning nisbati katta ta’sir ko‘rsatdi. Qulaylik va go‘zallik – insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan turli maishiy buyum va jihozlar kompozitsiyasining muhim optimal kriteriyalaridir. Kompozitsiyada texnik-estetika asosiy o‘rinni egallaydi. CHunki texnik estetikasi ham arxitektura kabi fan va sanoatning o‘rtasida yuzaga keladi. Fan o‘zining spetsifikasiga, sanoat ham o‘zining spetsifikasiga ega. Ular bir-birlari bilan qarama-qarshi va shu bilan birga - birlariga yaqin sohalardir. Fan – bu aniqlik, formula, sanoat esa – tuyg‘u, badiiy obraz, u o‘zida ma’lum mazmunni mujassamlaydi. Mashhur fransuz yozuvchisi G.Flober shunday degan edi: - «……kirib borganim sayin sanoat ilmiylashib fanga aylanib, fan esa badiiylashib bormoqda va ular asoslaridan uzilgach, qachonlardir yuqorida uchrashadilar». Tabiatdan foydalanib kompozitsiya shakllarini yaratish prinsiplarini o‘rganish (o‘simlik va hayvonot olami yoki bioforma) insonga ijodning balandroq pog‘onalariga ko‘tarilish imkonini berdi. Birinchi o‘rinda texnikani rivojlantirishda yaqqol ko‘rinib turadi. Uchish dinamikasi va qush qanotlarining strukturasini uzoq kuzatishlar xozirgi zamon aerogidromexanika va eksperimental aerodinamikasining asoschisi N.E.Jukovskiyga samolyot qanotlarining ko‘tarilish kuchini aniqlovchi qonunni ochish, qanotlar va vint lopastlari va samolyotning foydaliroq profilini aniqlash, vintning vixrlash nazariyasini ishlab chiqishda katta yordam berdi. Kompozitsiyaning asosiy vositasi bo‘lgan tektonikaga konstruktiv, texnologik masalalar nuqtai nazaridan qarashda ta’kidlash joizki, loyihalanayotgan buyumni tektonikligini ta’minlash – bu eng avvalo uni material – fizik jihatdan etuk yaratish demakdir, ya’ni pishiq, mustahkam va ishonchli konstruksiyali qilib yaratish, tashqi ko‘rinishida konstruksiyaning umumiy tip va xarakterini va materialning barcha murakkab ichki kuchlanishli ishini aks ettirishdir. SHunday qilib, asosiy massa va yuklanishlar qaerda va qanday taqsimlangani, buyum materiali ularga qanday qarshilik ko‘rsatishi, uning alohida qismlari qanchalik kuchlanganligi, qaysi elementlari tashuvchi, qaysilari tashiluvchi ekanini imkoni boricha aniq bilib olish zarur. Tektonika – bu yaratilayotgan buyum va uning ob’ektiv qonuniyatlarining (mustahkamlik, turg‘unlik, muvozanat) konstruktiv hajmiy – fazoviy strukturasi bilan organik bog‘liq bo‘lgan badiiy ifodalanishining spetsifik vositasidir. Tektonikani konstruksiya ishi shaklidagi va materiallar tarkibidagi etuk aks tasvir ham deyishadi. Boshqacha tariflar ham mavjud: tektonikani ob’ekt tashqi ko‘rinishining bajaradigan ishi ham deyiladi. Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling