12-mavzu. Ergonomika va texnik estetika talablariga asosan konstruksiyalash. Reja
Download 188 Kb.
|
12-mavzu.
Texnik estetika - texnika sohasida badiiy faoliyatning xususiyatlarini o‘rganuvchi dizayn nazariyasidir. Umumiy estetikaning bir bo‘lagi bo‘lib, o‘zida utilitar (amaliy foydali) va estetik xususiyatlarini, ya’ni sanoat ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatadigan go‘zallik qonunlarini birlashtiradigan asbob-uskunalar (mashinalar, mexanizmlar) va boshqa narsalarni ommaviy ishlab chiqarish amaliyotini umumlashtiradi.
Inson faktorining ko‘rsatib o‘tilgan aspektlarining echimlari darajasidan kelib chiqib: - konkret sharoitlarda ularning o‘zaro ta’sirida yuzaga keluvchi inson –texnika - muhit bilan bog‘langan integral ko‘rsatkichlari; - «Inson-texnika–muhit» sistemasining samaradorligi, oxir oqibat uning raqobatbardoshligi; - inson faktorining muammolari, ayniqsa avtomat boshqarish sistemalari yaratishda muhimdir. CHunki sistemalanish darajasi inson faktori bilan bog‘langan oqibatlarni kuchaytiradi. YAngi yaratilgan sistema inson vaqtini tejashi, ko‘rinishli, avtomat ravishda funksiyalanuvchi bo‘lishi zarur. Inson faktori u yoki bu raqobatbardoshli tovar ishlab chiqarishda ham muhim o‘rin tutadi. Tovarning asosiy ko‘rsatkichi bu uning sifatidir. U inson faktori bilan bog‘langan quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi: - ishonchlilik ko‘rsatkichi (to‘xtamay ishlash, uzoq vaqt xizmat qilish, tuzatishga yaroqlilik). - ergonomik ko‘rsatkichlar (gigienik, antropometrik, fiziologik va boshqa ishlab chiqarish, maishiy jarayonlarda mashina va jihozlar bilan ishlaganda yuzaga keladi); - estetik ko‘rsatkichlar (aniq ko‘zga tashlanuvchi informatsion, shaklining samaraliligi, kompozitsiyasining yaxlitligi va boshqalar); - havfsizlik ko‘rsatkichlari (himoya vositalarining ishga tushish vaqti, elektr himoya va boshqalar). Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatli muhitning mavjudligi ularning sifati va boshqaruviga alohida e’tibor berishni taqazo qiladi. Mahsulot sifati va samaradorligi orasida to‘g‘ri proporsionallik mavjud. Demak, inson faktori, injeneriyada va ishlab chiqarishda, mahsulotning samaradorligini oshirish va uning sifatini yahshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan mashina va texnikani yaratuvchilar hamda jarayonlarni ishlab chiquvchilar loyihalashtirish bosqichidayoq ergonomika psixologiyasining ilmiy asoslaridan kelib chiqib, inson faktori muammolarini samarali echishlari lozim. Ikkinchidan mashina va texnik vositalarni yaratuvchi va sinovchilar inson faktori bo‘yicha loyiha echimlarini talab darajada bo‘lishini ta’minlashlari lozim. Uchinchidan sistemani ekspluatatsiya qiluvchi inson-xodimlar (komponent) ergonomik echimlar va injener psixologik faktorlarni hisobga olib tayyorlangan bo‘lishlari zarur. YAna boshqaruvchi mehnati xususiyatlarini (spetsifikasini) va uning mazmunini aniq belgilab olish zarur. 15-jadval Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling