12-mavzu. Ildizmevali sabzavotlar biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Download 190.83 Kb.
|
12-mavzu
Ekish usuli. Lavlagi 70x70, 70x60 sm sxemada, sabzi va ildizmevalilar 60x60 sm yoki qator orasi 70 sm, tuplar orasi 35-40 santimetr qilib, kuzda 12-15, bahorda 5-7 santimetr chuqurlikka ekiladi.
Parvarishlash. Qator oralarini 3-4 marta ishlash, 1-2 marta chopiq qilish, begona o’tlarga ayniqca zarpechakning urug’ hosil qilishiga yo’l qo’ymaslik, 5-7 marta sug’orishdan, kasallik va zararkunnadalarga qarshi kurashishdan iborat. Gullash oldi urug’lik paykalda nav tekshiruvi o’tkazilib aktlashtiriladi. Yig’ish. Pishgan urug’ lavlagida qo’ng’ir, sabzi, turp, sholg’om esa och sariq yoki jigar rangga kiradi. Turpdan boshqa hammasining urug’i pishgach to’kiladi. Shuning uchun lavlagi, sabzi urug’ining 25-30 %, sholg’om qo’zog’ining 50 %, turp to’la pishganda yig’ib olinadi. Urug’lik o’simliklar kesilib yoki ildizi bilan sug’urilib, xirmonlarda 8-10 kun davomida quritiladi va yetiltiriladi. So’ngra yanchiladi va tozalanadi. Quritilgan urug’liklarni yanchishda mo-700, ms-1100 molotilkalardan, keyin urug’ ajratishda su-0,1 yoki os-4,5 a mashinalaridan, «triumf» tozalagichidan foydalaniladi. Lavlagi urug’i osg-0,5, sholg’om va turp «zmeyka», soyabongulli ekinlar urug’i esa ssp-1,5 pnevmatik saralovchi mashinalarda oxirgi marta tozalanadi. Urug’ hosildorligi ildizmevali ekinlar turiga qarab, sabzidan o’rtacha gektaridan 3-5, lavlagida – 8-10, turpda – 5-6, sholg’omda – 3-4, pasternakda – 4-5, seldereyda – 1,5-2 sentnerni tashkil etadi. Urug’larni quruq, shamollatib turiladigan xonalarda qoplarga joylab saqlash yaxshi hisoblanadi. Download 190.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling