12-mavzu. Ildizmevali sabzavotlar biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi


Ildizmevali ekinlarning urug’ini yetishtirish texnologiyasi


Download 190.83 Kb.
bet10/11
Sana02.06.2024
Hajmi190.83 Kb.
#1840011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-mavzu

Ildizmevali ekinlarning urug’ini yetishtirish texnologiyasi
Urug’lik ildizmevalar yetishtirish va tanlash. Urug’lik ildizmeva yetishtirish uchun ularning urug’i yozda ekiladi. Parvarishlashda yagonalash, o’g’itlash, ayniqsa azotli o’g’itlar miqdoriga alohida e’tibor berish shart. Chunki, urug’bop ildizmevalar chiqimi va saqlanuvchanligi yagona va o’g’itlashga bog’liq. Urug’lik ildizmevalar noyabr oyida sovuqqacha kovlanib, urug’boplari ajratiladi. Yirikligi o’rtacha (sabzi va sholg’om 90-120, lavlagi va turp 250-300 grammliklari), ildizmeva shakli, rangi, hatto et rangi va o’zagining rivojlanishi navga xos ildizmevalar tanlanadi. Mayda, yorilgan, kesilgan, zararlangan, so’ligan hamda chirigan ildizmevalar uruqqa yaramaydi. Aks holda sulib, o’jar o’simliklar hosil qiladi. Shuning uchun kovlangan, darhol saralanib, saqlash uchun ko’milishi yoki omborxonaga joylanishi lozim.
Bir gektardan olingan ildizmeva hosili o’rtacha sabzidan 3-5 lavlagi 1,5-2,0; turp 2-3; sholg’om 3-4 gektarga o’tqazish uchun yetadi. Texnik pishish davrida aprobasiya o’tkaziladi. Kuzgi va bahorgi muddatlarda urug’lik ildizmevalarda tanlash o’tqazilib aktlashtiriladi.
Urug’lik ildizmevalar uchun joy tanlash. Keyingi 3-5 yilda ildizmevali ekinlar ekilmagan dala begona o’tlardan toza va unumdor bo’lishi kerak. Bu ekinlar hammasi chetdan changlanuvchi bo’lgani uchun urug’lik uchastkalari boshqa paykallardan 600-2000 m uzoqlikda bo’lishi shart.
O’g’itlash. Urug’ uchun ekilgan ildizmevalilar go’ng va fosforli o’g’itlarga talabchan. Shuning uchun shudgorgacha gektariga 30-40 t. Chirigan go’ng, 3,0-3,5 s superfosfat solish tavsiya etiladi. O’suv davrida har gektarga 1,5-2,0 s superfosfat va 1,0-1,5 s ammiak selitrasi bilan oziqlantiriladi.
Ekish muddati. Urug’lik ildizmevalar erta bahorda (fevral-mart) va kech kuz (noyabr oyida) ekiladi. Kuzda ekilsa, yuqori urug’ hosili olinadi va saqlash xarajatlari tejaladi. Bahorda ekish aprelgacha cho’zilsa, urug’ hosil keskin kamayadi. Chunki, ildizmevalar uzoq saqlash jarayonida nishlab ketib, ko’p o’simtalari ekishda sinadi, so’ngra sekin ildiz otadi va yer ustki qismini suv va oziq moddalar ta’minlay olmaydi.

Download 190.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling