12-mavzu. Ildizmevali sabzavotlar biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi


Download 190.83 Kb.
bet6/11
Sana02.06.2024
Hajmi190.83 Kb.
#1840011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-mavzu

Yablochnыy navi o’simligi
Pasternak (pastinaca sativa l.)-soyabongullilar yoki selderey-simonlar oilasiga kiradi. Ildizmevasi yirik, yumaloq-uzunchoq yoki uzun konussimon, sariq-oq rangda. Bargi kesikli, bo’lingan patsimon. O’suv davri (urug’ ekilgandan ildizmevalar pishguncha) – 100-125 kun.


Ikkinchi yil urug’lik ildizmevadan yuqori qismidan shoxlaydigan, bo’yi 100-130 sm ga yetadigan uzun gulpoyalar hosil qiladi. Gul to’plami – murakkab soyabon. Guli mayda, sariq, ikki jinsli, chetdan hasharotlar yordamida changlanadi. Urug’i yassi-oval, cheti qanotchali, qirrali, 1000 tasining vazni 3-4 gramm. Unuvchanligi 70 % bo’lib, 4 yilgacha saqlanadi.
Pasternakning asosan kruglыy ranniy, student, luchshiy iz vsex navlari keng tarqalgan.
Kruglыy ranniy – navi o’suv davri qisqa 90-100 kun, hosildorligi yuqori. Ildizmevasi yumaloq, oq-kulrang.
Student – o’rtapishar (120-125 kun), ildizmevasi yirik, uzunchoq (25 sm gacha), serhosil, yaxshi saqlanuvchan (81-rasm).

81-rasm. Pasternak navlari: 1-kruglыy ranniy, 2 – student





73-rasm. Sabzi o’simligining rivojlanishi





Biologik xususiyatlari. Ildiz va poyaning yo’g’onlangan qismi ildizmeva deyiladi. O’simlik ko’karib, 1-2 ta chinbarg hosil qilganda ildizmeva shakllana boshlaydi.
bunda o’qildiz birlamchi po’sti yoriladi va quriydi. Har qanday ildizmeva uch qismdan tashkil topgan.

  1. Bosh.

  2. Bo’yin.

  3. Haqiqiy ildiz

Ildizmevalarning shakllanishida o’simlik maysasining urug’palla barg tirsagidan yuqori (gipokotil), urug’palla barg tirsagidan past (epikotil) va birlamchi ildiz qismlari ishtirok etadi (82-rasm).


Download 190.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling