Selderey (apium graveolens l.)–soyabongullilar yoki selderey simonlar oilasiga kiradi. Seldereyning 3 ta: ildizmevali, bandli va bargli xillari mavjud (78-rasm).
78-rasm. Selderey xillari: 1-bargli selderey;
2-ildizmevali selderey mevasi; 3-bandli selderey;
4-bandli selderey o’simligi
Ildizmevali selderey birinchi yil iste’molga yaroqli yumaloq ildizmeva va tupbarg hosil qiladi. Bandli selderey o’simligining yo’g’on barg bandi ovqatga ishlatiladi. Bargli selderey barra barglar hosil qiladi.
Bizda asosan ildizmevali selderey o’stiriladi. O’suv davri uzun bo’lib 150-200 kunni tashkil etadi. Selderey urug’i juda mayda bo’lib, sekin bo’rtadi, unib chiqadi (15-20 kunda) hamda maysalari ham sekin o’sadi. Shuning uchun uni odatda, parniklarda o’stirilgan ko’chatlardan ko’paytiradilar.
Selderey hayotining ikkinchi yili gulpoya hosil qiladi. Gulto’plami murakkab soyabon. Guli ikki jinsli bo’lib, chetdan hasharotlar yordamida changlanadi. 1000 ta urug’ vazni 0,35-0,5 gramm. Unuvchanligi 1 klass urug’larida 75 %. Selderey sovuqqa chidamli o’simlik, tuproq unumdorligiga talabchan. Chunki unumdor, oziq elementlarga boy tuproqlarda yaxshi o’sadi.
O’zbekistonda ildizmevali seldereyning yablochnыy navi ekiladi (79-rasm). Bu nav tezpishar, hosildor (200 s/ga va ziyod).
Ildizmevasi yumaloq va yumaloq-yassi, yirik-vazni 200-300 gramm. Tupbargi katta emas, yarim tarqoq. U 15-26 ta uzunligi 24-45 sm gacha to’q-yashil bargdan iborat. Ildizmeva tarkibida 14,4-18,7 % quruq modda, 1,1-3,9 % shakar, 11,0-16,8 mg % s vitamin, bargida esa 11,4-14,1 % quruq modda, 1,6-2,5 % shakar, 25-51 mg % s vitamini hamda 2,9-3,0 mg % karotin bor.
Respublikamiz xo’jaliklarida 2006 yildan buyon gollandiyadan keltirilgan brilliant navi ham ekilmoqda (80 - rasm). O’suv davri 140-145 kun, barglari baquvvat, to’q yashil, vertikal. Ildizmevasi yumaloq, yangicha iste’mol qilishga mo’ljallangan.
79 – rasm. Ildizmevali selderey 80– rasm. Ildizmevali selderey brilliant navi
Do'stlaringiz bilan baham: |