12-mavzu: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi Reja


Download 359.32 Kb.
bet3/12
Sana22.04.2023
Hajmi359.32 Kb.
#1378860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi

Investitsion faoliyatda risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, kutilgan daromaddan kamroq yoki ko‘proq foyda olish, loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmaslik ehtimolidir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatining har qanday turi bilan shug‘ullanish risk bilan bog‘liqdirki, shu boisdan riskning bu ko‘rinishi tadbirkorlik riski deb ham ataladi. Gap risk ustida borar ekan, ana shu kategoriyaning naqadar real iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiy vaziyat yoki ahvolni to‘g‘ri tavsiflashi ustida to‘xtalib o‘tish lozim. Ma’lumki, risk investorlar faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holatni ifoda etadi. U yaqqol ko‘rinib, sezilib, bilinib turishi yoki xufyona bo‘lishi ham mumkin. Riskning kanday ko‘rinishda bo‘lishini anglash investorlarning tafakkuriga, ongiga, ayniqsa iqtisodiy dunyoqarashi darajasiga bog‘liq. Buning ustiga riskning keltiradigan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari darajasi ham mavjud, ya’ni ayrim risk unchalik yomon oqibat keltirmasligi, ba’zi risk jiddiy, katta zarar keltirishi, hatto investor faoliyatining xonavayron bo‘lishigacha olib kelishi mumkin.
Riskning mohiyatiga berilgan ko‘plab ta’riflarning tahlili risk vaziyatini keltirib chiqaruvchi asosiy jihatlarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi: yuzaga kelgan holatning tasodifiy xususiyati; muqobil qarorlarning mavjudligi; kutilajak natijaning ma’lumligi yoki aniqlash ehtimolining mumkinligi; zararlar yuzaga kelish ehtimoli; qo‘shimcha daromad olish ehtimoli.
Hozirgi kunda loyiha risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida ko‘zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. SHu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‘indisini ham anglatadi.
Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zahiralarni yo‘qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo‘shimcha harajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin. Risk bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo‘lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bulgan xatar bo‘lib, investitsiyadan mo‘ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan umidsizlikdir.
Risklarning paydo bo‘lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning tanqisligi yoki to‘liq bo‘lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi harakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, xukumat va boshqalarning harakatlari) va h.k. “Risk” tushunchasiga juda yaqin bo‘lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida qo‘llaniladi.
Noaniqlik - bu investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligidir. Masalan, inflyasiya haqidagi, texnika-texnologiyalardagi o‘zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, ob’ektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, harajat va natijalarning noto‘g‘ri hisob-kitob qilinishi kabi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi.

Download 359.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling