12-mavzu: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi Reja
- rasm. Risk suzining Venn diagrammasiga ko‘ra tahlili
Download 359.32 Kb.
|
12-mavzu Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyiha riski
2- rasm. Risk suzining Venn diagrammasiga ko‘ra tahlili
Risksiz investitsiya jarayonini samarali tashkil etish murakkab jarayon, iqtisodiyotda risk darajasining ko‘payishi, o‘z navbatida, ishbilarmonlik erki ko‘payishi hisoblanib, ma’lum ma’noda u o‘sha erkinlik, o‘sha ixtiyoriylik uchun to‘langan haqdir. Iqtisodiy adabiyotlarda risk tushunchasining mazmun-mohiyatiga turlicha ta’riflar berilgan. Jumladan: Taniqli lug‘atshunos S.Ojegovning rus tili lug‘atida “risk - bumuvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug‘atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli” deb ifodalangan. V.T. Sevruk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” 1 degan ta’rifni bergan bo‘lsa, rus olimi A.Olshanskiy “risk - bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir”2, degan ta’rifni keltiradi. Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”, deya izohlaydi. E.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”3. Riskni talqin kilishda akademik M.SHarifxo‘jaev va prof. YO.Abdullaevlarning hammualliflikdagi “Menejment: 100 savol va javob” kitobida ham mantiqiy, ham lug‘aviy ma’nodan kelib chiqib yondashilgan. Ularning o‘zbek tilining izohli lug‘atiga tayanib bergan fikricha4: - xavf - biror ko‘ngilsiz hodisa yoki falokat yuz berish ehtimolligi; xatar; qo‘rqinch; - xatar - biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan sharoit; xavf, tahlika; - xavf-xatar - xavf va xatar, biror narsadan qo‘rqish; - tavakkalchilik - bu oqibatning yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olgan holda kilinadigan harakat; - tavakkalchilik - bu resurs yoki daromaddan to‘la yoxud qisman yo‘qotish xavfi; - tavakkalchilik - bu noaniklik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun tabiiy holat, vaziyat. Tavakkalchilik botirning ishi; - tavakkalchilik - bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi. Prof. SH.Abdullaeva tadqiqotlarida “risk - xato, ikkilanish, noaniqlik, mavhumlik va hokozalar deb talqin qilish xalqaro amaliyotga mos kelmasligi va shu holatga yaqinlashgan holda “risk” “bank riski”, “kredit riski” deb yuritilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi5. A.O‘lmasov, A.Vahobovlarning “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida “tadbirkorlik riski - bu firmaning ko‘zlagan maqsadiga erishish yo‘lida u duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir”6, deya talqin etilgan. Iqtisodchi-olimlardan T.Malikov, O.Olimjonovlarning risk to‘g‘risidagi qarashlari diqqatga sazovodir. “Risk” atamasi o‘zbek tilidagi ayrim manbalarda “tavakkalchilik”, “xavf-xatar”, “tahlika” va “g‘ov” ma’nolarida tarjima qilinayotgan bo‘lsa-da, ularning hech biri, mualliflar fikricha, “risk” atamasining asl ma’nosini bildirmaydi. “Zararlarni vujudga kelishi yoki daromadlarning ko‘zda tutilgan darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi”7. Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo‘lib qolish ehtimolidir. Loyiha riski - bu investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‘indisidir. Download 359.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling