12-mavzu: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi Reja


Download 359.32 Kb.
bet5/12
Sana22.04.2023
Hajmi359.32 Kb.
#1378860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi

3-rasm. Risklarning turlari


Ishlab chiqarish riski mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish bilan yoki ishlab chiqarish faoliyatining har qanday turini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, bu riskni vujudga kelish sabablarining eng muhimlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish hajmining ko‘zda tutilgan darajadan pasayishi; moddiy yoki boshqa xarajatlarning o‘sishi; soliqlar va boshqa majburiy ajratmalarni to‘lash va h.k.
Ishbilarmon tomonidan ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan tovarlar, mahsulotlar va xizmatlarni sotish jarayonida vujudga keladigan risk tijorat riski deyiladi. Bu riskning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi natijasida sotish hajmining kamayishi; mahsulotlar sotish bahosining ko‘tarilishi; ko‘zda tutilmagan holda sotib olish xajmining pasayishi; muomala jarayonida mahsulotlarning ko‘payib ketishi va boshqalar.
Korxonaning tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlar bilan vujudga keladigan munosabatlari sohasidagi risklar majmuasi moliyaviy risklarni anglatadi. Korxona faoliyatining moliyaviy riski aksariyat hollarda qarz mablag‘larining o‘z mablag‘lariga nisbati bilan o‘lchanadi. Masalan, korxona qarz mablag‘larining o‘z mablag‘lariga nisbati qancha yuqori bo‘lsa, bu korxona shu darajada o‘z faoliyati davomida kreditorlarga bog‘liq bo‘lib qoladi. SHunga mos ravishda moliyaviy risk ham yuqori bo‘ladi, chunki kreditlashtirishning to‘xtatilishi yoki kredit shartlarining og‘irlashuvi natijasida xom ashyo, materiallar va boshqalarning etarli emasligi tufayli ishlab chiqarish to‘xtab qolish ehtimoli mavjud.
Agar korxonalarda mavjud moliyaviy risklar tahlil etilsa, ularni korxona moliyaviy faoliyati davomida foyda yoki kapitalni yo‘qotish ehtimoli deb ifodalash mumkin. Ushbu korxonalardagi moliyaviy risklarni bir necha turlarga bo‘lish mumkin (Qarang: 2-rasm).
Moliyaviy risklarni boshqarishni samarali tashkil etish, ularni muayyan belgilari bo‘yicha aniq guruhlashga bog‘liq. Har bir moliyaviy riskni alohida boshqarish usullari tizimi mavjud. Hozirgi kunda iqtisodchi olimlarning ayrimlari moliyaviy risklarning yuzaga kelishi limitidan kelib chiqqan holda ularni har xil guruhlarga bo‘lishga harakat qilmoqdalar.






Download 359.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling