12-mavzu: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi Reja


Download 359.32 Kb.
bet4/12
Sana22.04.2023
Hajmi359.32 Kb.
#1378860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi

Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari etishmasligi yoki to‘liq emasligi sababli sub’ektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyasiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. CHunki o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin.
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Investitsiya loyihalari kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq tahmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega, deb ataladi.
Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir.
Investitsion loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarning har bir turini alohida hisobga olish, o‘rganish va tahlil qilish, aniqlash hamda ularni pasaytirish choralarini ishlab chiqish zarur bo‘ladiki, bu risklarga qarshi kurashishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bunda risklarning o‘ziga hos xususiyatlarini ham e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.


2.Investitsiya faoliyatida risk turlari va ularning belgilari bo‘yicha tasniflanishi

Iqtisodiyotda bozor munosabatlarining sog‘lom rivojlanishi bilan raqobat ham kuchaya boradi. Ana shu raqobat kurashiga bardosh berish uchun ishlab chiqarish jarayoniga texnika yangiliklarni joriy etish sari dadil harakat qilmoq lozim. Bu esa pirovard natijada riskni ko‘paytiradi. Bunday sharoitda riskning bo‘lishi tabiiy ekanligini tan olish, voqeliklar istiqbolini belgilashga o‘rganish, riskni baholash va uning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaralaridan hatlab o‘tmaslik lozimligini tan olish maqsadida muvofiq hisoblanadi.


Umuman olganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida risklarning bir necha turlari mavjud. Risk turlarini mavjud adabiyotlarni o‘rganish natijasida quyidagicha tasniflash mumkin.


Download 359.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling