12-mavzu: Ish haqi va mehnat munosabatlari Reja
Download 299.16 Kb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu Iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
va
kasaba uyushmalarining roli. Mehnat munosabati. Ishga yollash bo'yicha korxona ma'muriyati va ishchilar o'rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Ko'pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog'liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo'ladi. Xozirgi bozor iqtisodiyoti davrida ko'pchilik bozorlarda ishchilar o'zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo'lib 《sotadi》. Kasaba uyushmalari nisbatan ko'p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va kasaba uyushmalarining asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iboratdir. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo'llar bilan erishishi mumkin. 1. Ishchi kuchiga bo'lgan talabni oshirish. Ya'ni mehnatga bo'lgan talabni kengaytirish - bunda ish haqi stavkasi ham, ishchi o'rinlari soni ham ortadi, natijada: -ishlab chiqariladigan mahsulotni oshirish. -mehnat unumdorligini oshirish. -ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillarini baholarini o'zgartirish imkoniga ega bo'ladi. 2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish - bu yo'l bilan ish haqi stavkasini oshirish mumkin. 3. Kasbni malakali litsenziyalash. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma'muriyatiga - shu ishga ishchining ta'lim darajasi, mutaxassislik bo'yicha ish staji, imtixon natijasi talabga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta'sir ko'satadi. Masalan, yangi o'qituvchi, shu fan bo'yicha sinov ochiq darsini o'tib berishi kerak. Hozirgi zamon mehnat munosabatlarida davlat ham o'z qonun doiralari bilan ishtirok etadi, buni mahalla misolida ko'rishimiz mumkin va boshqalar. -kam ta'minlangan oilalarga yordam; -ishsizlik bo'yicha nafaqa; -har xil (yolg'iz ona, nogiron, .....) ijtimoiy to'lovlar; -pensiya ta'minoti va boshqalar orqali aholining ijtimoiy - iqtisodiy axvolini barqarorlashuviga ma'lum bir darajada ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan: mehnat yarmarkalarini tashkil qilish orqali, davlat tomonidan ishchilarni o'qitish va qayta tayyorlashning davat tizimi. Xulosa qilganimizda mehnat munosabatlari ya'ni mehnat shartnomalari avvalo, ish haqi stavkasi, me'yoridan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog'liqni saqlashga ajratmalar hamda baholarning o'zgarishini hisobga olib, iste'molchilik savati qiymatini tartibga solish, kabi paketlarni o'z ichiga oladi. Kasaba uyushmalarining ta'siri bilan tibbiyotga rentgen aparatida ishlovchi, qishloq xo'jaligida akkumlyatorni ishga tushirish va zaryadkalashda ishlovchi, yer osti shaxtalarida ishlovchi, cho'llarni birinchi bor o'zlashtirishdagi ishtirokchilar, ekologik notoza hududlarda ishlovchilarga imtiyozli ish haqlari to'lanadi. Takrorlash uchun savollar 1. Ish haqi ta'rifini aytib bering? 2. Nominal ish haqi nima? 3. Real ish haqi nima? 4. Vaqtbay ish haqi nima? 5. Ishbay ish haqi nima? 6. Ish haqi tizimi? 7. Ta'rif tizimi orqali amalga oshiriladigan ishlarni ko'rsating. 8. Ish haqini oshirishda kasaba uyushmalari qanday ishlarni amalga oshiradi? 9. Aholi iste'molchilik savatini to'ldirishda davlat qanday vazifalarni amalga oshiradi? Download 299.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling