12-Mavzu Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


Download 0.57 Mb.
bet11/13
Sana21.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1376451
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu 8

Asos
Biznes g‘oya

1-asos

2-asos

3-asos

4-asos

5-asos

Bolalar poyabzalini ishlab chiqarish

Mutaxassis­likka ega

Mablag‘ etarli

Tanlangan
hududda yosh bolalar ko‘p







Bichish-tikish sexini tashkil qilish

Texnik ko‘nikma
bor

Kam xarajat serdaromad ish










Mebel ishlab
chiqarish

Texnik ko‘nikma
bor

Daromadli ish

Uskunalar
mavjud

Tanlangan
hududda
ehtiyoj katta

Xomashyo
etarli

Oziq-ovqat
do‘konini ochish

Ijaraga do‘kon
bor

Daromadli ish










Orgtexnika­larni
ta’mirlash
ustaxonasini
ochish

Mutaxassis­likka ega

Kam xarajat serdaromad ish

Tanlangan
hududda
raqo­bat­chilar
yo‘q

Ehtiyot
qismlar
etkazuvchi
hamkor bor




Misoldagi mashqdan ko‘rinib turibdiki, tadbirkor mebel ishlab chiqarish g‘oyasini tanlaydi. Lekin har doim ham asos son jihatidan ustunlik qilganda eng muvaffaqiyatli g‘oya bo‘lavermaydi, ayrim hollarda, asos son jihatidan ustunlik qilmasa-da, aynan o‘sha hudud va o‘sha muhitda eng muvaffaqiyatli g‘oya bo‘lishi mumkin




12.8. Biznes konsepsiya tushunchasi.
Har qanday biznes g‘oyadan boshlanadi. Ma’lum mahsulot yoki xizmatni kishilar sotib olmoqchi bo‘layotganlarini ko‘rib turgan erkak va ayollar biznes boshlashadi. Biznesda yangi imkoniyat to‘g‘risida g‘oya paydo bo‘lishi bilan uning konsepsiyasini rivojlantirish kerak. Asosiy operatsiyalarning yozib chiqilgan aniq tafsiloti biznes konsepsiyasidir. Unda quyidagi savollarga javob beriladi va shunga oid masalalar ko‘rib chiqiladi:
Qanday Biznes qanday mahsulot yoki xizmatni sotmoqchiq Biznes konsepsiyasi, tadbirkorda mavjud bo‘lgan ijobiy xislatlarga asoslanishi kerak. Biznes konsepsiyasi shug‘ul­lanish kerak bo‘lgan narsaga urg‘u berilishiga yordamlashadi.
Kimga Mahsulot yoki xizmatini kim xarid qiladiq Jismoniy shaxslar yoki boshqa korxonalar mijoz bo‘lishlari mumkin. Ular kichkina bir qishloqni yoki juda katta hududlarni tashkil etishi, ular butun mamlakat vakillari bo‘lishlari mumkin. Faqat mijozlarning ma’lum bir guruhiga sotiladimi yoki hammagamiq Biznesda haridor to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish juda muhim.
Qanday qilib Mahsulot yoki xizmat qanday sotiladiq Agar do‘kon bo‘lsa, bu tushunarli, lekin ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatish xodimi turlicha sotishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi, masalan, bevosita mijozlarga yoki chakana savdo korxonalariga sotishi mumkin. Albatta, reklama ham sotishni tashkil etishda asosiy o‘rini egalaydi.
Qaysi Mahsulot yoki xizmat mijozlarning qaysi ehtiyojlarini qondiradiq Biznes konsepsiyasi doimo mijoz va uning ehtiyojlari to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikni aks ettirishi lozim. Konsepsiyani ishlab chiqishda mijoz bo‘lishi mumkin bo‘lganlarning istaklarini aniqlash va bo‘lajak bozor ahvolidan xabardor bo‘lib turish juda muhim.
Biznes rejaning ayrim qismlarini tuzishda biznes konsepsiyasi rahbarlik vazifasini bajaradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling