12-Mavzu Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni
Download 0.57 Mb.
|
Mavzu 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik faoliyatining shakli.
- Ishchi-xizmatchilar tarkibi.
Biznes g‘oyasi. Har qanday ishning asosida g‘oya yotadi. G‘oyaning qisqacha tavsifi keltiriladi: qanday mahsulot ishlab chiqarilmoqchi, qanday xizmat turlari ko‘rsatiladi yoki qanday tovarlarni sotish rejalashtirilgan, ularni qayerda, kimga va qanday qilib taklif etiladi.
Marketing bo‘yicha reja. Ish g‘oyasi rivojlantirgandan keyin mahsulot va xizmatlar qanday qilib o‘tkazilishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerak. Mijozlar kimligi, ularga nima kerakligi va ular nimani istashlarini aniqlash borasida qilingan barcha ishlar – marketingdir. Asosiy maqsad – mijozlarning istaklarini qondirish va bu ishni amalga oshirish jarayonida foyda olishdir. Marketing bo‘yicha rejada qanday mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish, ularni qaysi narxda sotish, qaerda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, mahsulot sotish uslublarining qaysi biridan foydalanish va biznes, mahsulot va xizmatlarni qanday qilib rivojlantirish to‘g‘risida batafsil yozib qo‘yish tavsiya qilinadi. Tadbirkorlik faoliyatining shakli. Tadbirkorlik faoliyatining turli yuridik shakllari mavjud. Ishni tashkil etish uchun ulardan birini tanlab olish mumkin. Ularning barchasida ijobiy va salbiy tomonlar mavjud. Tanlab olingan shakl biznesning o‘ziga xos tomonlariga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi shakllardan biri tanlab olinsa bo‘ladi: guvohnoma yoki patent asosida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor, xususiy korxona, to‘liq jamiyat, mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat. Mazkur qo‘llanmada tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarining xususiyatlari tushuntiriladi. Qo‘llanmani o‘zlashtirish jarayonida qaysi shakl maqbulroq ekanligini aniqlash va taqqoslash imkoni yaratiladi. Ishchi-xizmatchilar tarkibi. Ishchi-xizmatchilarning qanday tarkibi kerak bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish lozim. Qancha xizmatchi kerakq Ular qanday ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishlari lozimq Ushbu masalalarni hal etishda shtat jadvalini ishlab chiqish yordam beradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling