12-Mavzu Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


Download 0.57 Mb.
bet5/13
Sana21.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1376451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu 8

Texnik ko‘nikmalar. Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat turlarini taqdim eta bilish kerak bo‘lgan amaliy qobiliyat, texnik ko‘nikma sirasiga kiradi. Masalan, agar tadbirkor kiyim tikish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, u bichish va tikishni bilishi kerak. Mashi­na­larni ta’mirlash ustaxonasini ochish uchun ularning qismlarini sozlashni bilishi lozim bo‘ladi. Agar tadbirkorda ushbu ko‘nikmalar bo‘lmasa, texnik ko‘nikmalari manfiy baholanadi.
Biznesni boshqarish ko‘nikmalari. Ular ishni samarali olib borishning asosiy amaliy ko‘nikmalaridir. Albatta, bozorni o‘rganish muhim, lekin, biznesni boshqarishning boshqa sohalari ishning muvaffaqiyati uchun hayotiy zaruratdir. Masalan, chiqimlar hajmini aniqlash va hisob-kitob ishlarini olib borish.
Faoliyat sohasini bilish. Ba’zi bir faoliyat sohalari uchun kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish shart bo‘lsa, boshqalari uchun u asosiy omil hisoblanmaydi. SHunga qaramasdan, bilimga ega bo‘lish tadbirkorga hamisha yordam beradi. Bozorni, raqobatchillarni, xomashyo va boshqa vositalarni etkazib beruvchilarni bilish xatoga yo‘l qo‘ymaslikka olib keladi.
SHaxsiy tavsiflar ham biznesda muvaffaqiyatga erishishda asosiy omil bo‘la oladi va bular quyidagilardan iborat;
Sadoqatlik. Agar tadbirkor ishda muvaffaqiyat qozonmoqchi bo‘lsa, unga sadoqatli bo‘lishi, ishni boshqa barcha narsadan ustun qo‘yishga tayyor bo‘lishi kerak. Bu, ushbu ish bilan uzoq vaqt davomida shug‘ullanmoqchi ekanligi va shaxsiy mablag‘larini tavakkal qilishga tayyorligini bildiradi.
Sabab. Nima uchun tadbirkor o‘z ishini boshlamoqchiq O‘z g‘oyasini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsa, mustaqil va o‘z ishiga ega bo‘lishni istasagina muvaffaqiyat qozonadi. Lekin, u ishsiz qolganligi sababli majbur bo‘lganligi uchun, bu qadamni qo‘yayotgan bo‘lsa, muvaffaqiyat qozonish ehtimoli uncha katta emas.
Tavakkal qilib bilish qobiliyati. Mutlaqo xavfsiz tadbirkorlik g‘oyalari bo‘lmaydi. Boshlangan ishda muvaf­faqiyatsizlikka uchrash xavfi hamisha mavjud. Biroq, tadbirkor tavakkal qilishga doimo tayyor bo‘lishiga qaramasdan, o‘ylab, aql bilan tavakkal qilish kerak.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling