12-Mavzu Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni
Biznes konsepsiya test sinovi
Download 0.57 Mb.
|
Mavzu 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli va zaif tomonlarni
- Zaif tomonlar
Biznes konsepsiya test sinovi. Biznes raqobatbardosh va foydali bo‘lishi uchun g‘oya qay darajada asoslangan ekanligini yana bir marta aniqlash lozim. SWOT tahlili g‘oyani testdan o‘tkazish uslublaridan biridir. swot tahlili degani nimaq
SWOT quyidagilarni bildiradi: S – Strength (Kuchli tomonlar), W – Weakness (Zaif tomonlar), O – Opportunities (Imkoniyatlar) va T – Threats (Xavflar). SWOT tahlili mobaynida biznesning barcha tomonlarini ko‘rib chiqish, uning kuchli va zaif tomonlarini imkoniyat hamda xavflarni aniqlash mumkin Kuchli va zaif tomonlarni tahlil etganda, tadbirkor nimaga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini izlash orqali o‘z biznesini chuqur o‘rganadi: Kuchli tomonlar tadbirkorda hamma narsadan ham yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan barcha tomonlarni o‘z ichiga oladi. Masalan: Mahsulot raqobatchilarnikidan yaxshi va do‘kon qulay joylashgan, ayni vaqtda, ishchi-xizmatchilarning malakasi yuqori. Zaif tomonlar tadbirkor biznesining zaif tomonlarini aks ettiradi. Masalan, tovar raqobatchilarnikiga qaraganda nisbatan qimmatroq bo‘lishi mumkin, mahsulotni reklama qilish uchun etarli mablag‘ yo‘q yoki raqobatchilar ko‘rsatayotgan xizmatlardek xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Imkoniyat va xavflarni o‘rganish davomida tadbirkor ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan narsalarni aniqlash uchun o‘z biznes doirasidan chiqib ketadi. Tadbirkorning o‘z hududida joylashgan va ishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan barcha omillar, narsalar imkoniyatlarni tashkil etadi. Masalan, tadbirkorning do‘koniga o‘xshagan do‘kon tanlangan hududda boshqa bo‘lmaganligi sababli uning mahsuloti tobora ommalashib bormoqda yoki yangi firmalar ko‘plab ochilayotganligi uchun uning mijozi bo‘lishi mumkinlarning soni ko‘paymoqda. Xavflar. Tadbirkor atrofida joylashib, uning biznesi rivojiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan barcha omil va vositalar – xavflardir. Masalan, xuddi shunday mahsulot ishlab chiqarayotgan firmalar mavjudligi yoki sotishga soliqlar oshirilishi mumkin, unda, tabiiyki, mahsulot narxi ko‘tariladi SWOT tahlili yakuniga qarab, biznes bahosini berish va quyidagicha to‘xtamga kelish mumkin: 1.g‘oyani yanada rivojlantirish va to‘liq texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash; 2.o‘zgartirishlar kiritish uchun biznes konsepsiyasiga qaytish; 3.tanlagan g‘oyadan to‘laligicha (umuman) voz kechish. Biznesingiz konsepsiyasini baholash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: 1. SWOT tahlili shaklini to‘ldirish. 2. Kuchli va zaif tomonlarni, imkoniyatlar va xavflarning eng asosiylari va undan kamroq ahamiyatga egalarini tavsiflash. 3. Biznes konsepsiyasiga baho berish. 4. Mazkur ish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lish borasida qaror qabul qilish. SWOT tahlili orqali biznes konsepsiyasini baholash uchun quyidagi to‘rtta harakat amalga oshiriladi. Biznesni ichkarisidagi barcha kuchli va zaif tomonlar, biznesdan tashqaridagi imkoniyatlar va xavflar yozib chiqiladi. Bunda navbatdagi shakldan foydalaniladi (3-shakl). Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling