12-mavzu. Majburiyatlar hisobi. Reja: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari


Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar hisobi


Download 67.94 Kb.
bet16/20
Sana17.06.2023
Hajmi67.94 Kb.
#1546664
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
12-mavzu. Majburiyatlar hisobi.

Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar hisobi. Xo’jalik sub’ektlarining boshqa yuridik shaxslarga turli sabablarga ko’ra bildirgan da’volariga tegishli olinadigan joriy to’lovlarining holati va harakati 4860 «Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyotida aks ettiriladi. Da’volar ta’minotchilarga, xizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarga, bankga, davlat idoralariga va boshqa yuridik shaxslarga shartnoma shartlarini haqiqatda bajarishda yo’l qo’yilgan schyotlanishlar uchun bildiriladi. Ushbu schyotning debetida ushbu bildirilgan da’volar bo’yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi (6010, 1010-1090,1510,5110 va boshqa schyotlarning krediti), kreditida esa ushbu to’lovlar bo’yicha debitorlik qarzlarini kelib tushishi yoki korxona hisobidan qoplanishi (1010-1090,1510,5010,5110,9430 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi.
Boshqa debitorlarning qarzlarning hisobi. Xo’jalik sub’ektlarining boshqa yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmay qolgan olinadigan joriy to’lovlarining holati va harakati 4890 «Boshqa debitorlarning qarzlari» aks ettiriladi.
Xo’jalik sub’ektlarining turli boshqa kreditorlik qarzlarining hisobi. 21-son BHMS ga muvofiq turli boshqa debitorlarni qarzlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
To’lanadigan dividendlar hisobi. Xo’jalik sub’ektlarining aksionerlari va ta’sischilariga hisoblangan dividendlar bo’yicha majburiyatlarining holati va harakati 6610 «To’lanadigan dividendlar» schyotida hisobga olinadi. Schyotning kreditida dividendlarni hisoblanishi (8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi ( qoplanmagan zariri)» schyotining debeti bilan korrespondentsiyalashgan holda), debetida esa dividendlarni berilishi (pul mablag’lari schyotlari bilan korrespondentsiyalangan holda) aks ettiriladi. Dividendlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir aksioner yoki ta’sischi bo’yicha yuritiladi.
Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo’yicha qarz hisobi. Xo’jalik sub’ektlari tomonidan ta’sischilar safidan chiqib ketgan ta’sischilariga kiritgan ulushini qaytarib berish bo’yicha majburiyatlarining holati va harakati hisobini yuritishda 6620 «Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo’yicha qarz» schyotidan foydalanadi. Ushbu schyotning kreditida va 8330 «Pay va badallar» schyotining debetida safdan chiqib ketgan ta’sischiga bo’lgan qarz, debetida esa ushbu qarzni uzilishi (pul mablag’lari va boshqa aktivlarni hisobga olishga mo’ljallangan schyotlar bilan korrespondentsiyalangan holda) aks ettiriladi. Tasischilarga qarzlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir ta’sischi bo’yicha yuritiladi.

Download 67.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling