12-mavzu. Majburiyatlar hisobi. Reja: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari


Debet 9690 «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» Kredit


Download 67.94 Kb.
bet18/20
Sana17.06.2023
Hajmi67.94 Kb.
#1546664
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
12-mavzu. Majburiyatlar hisobi.

Debet 9690 «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar»
Kredit 6930 «Royalti bo’yicha qarz»
2.Foizlarning kelib tushishiga
Debet 6930 «Royalti bo’yicha qarz»
Kredit Pul mablag’lari hisobi schyotlari (5110-5530)
6940 «Kafolatlar bo’yicha qarz» - ushbu passiv schyot o’z tovarlarini, ish xizmatlarini ma’lum muddatlargacha kafolatlangan holda sotuvchi korxonalarda qo’llaniladi. Uning kreditida kafolatlar bo’yicha majburiyatlarning vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi.
6950 «Uzoq muddatli majburiyatlar –joriy qismi» – ushbu passiv schyotning kreditida uzoq muddatga olingan bank kreditlari va boshqa qarzlarning kelgusi joriy yilga tegishli qismi bo’yicha majburiyatlarning summalari, debetida esa bu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarning joriy qismi ushbu schyotga 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarining debetidan hisobot yilning oxirida o’tkaziladi. Joriy majburiyatlarning uzilishi pul mablag’lari schyotlarining (5010,5110 va boshqalar) kreditida aks ettiriladi.
6960 «Da’volar bo’yicha to’lovlar» - ushbu passiv schyotning kreditida xaridor va buyurtmachilar tomonidan bildirilgan da’volar bo’yicha majburiyatlarning vujudga kelishi (xarajatlar schyotlarining debeti bo’yicha korrespondentsiyalangan holda), debetida esa ularning qondirilishi yoki bekor qilinishi (pul mablag’lari va xarajatlar schyotlarining krediti bo’yicha korrespondentsiyalangan holda) aks ettiriladi.
6970 «Hisobdor shaxslarga qarz» – ushbu passiv schyotning kreditida hisobdor shaxslar oldida majburiyatlarni vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning yopilishi aks ettiriladi. Hisobdor shaxslar oldidagi majburiyatlarni vujudga kelishi xarajatlar schyotlarining (2010,2310,2510, 9420 va boshqalar) debetida, ularni yopilishi esa pul mablag’lari schyotlarining (5010,5110,5210 ) kreditida aks ettiriladi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir hisobdor shaxs bo’yicha olib boriladi.

Download 67.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling