12-mavzu. Majburiyatlar hisobi. Reja: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari


Download 67.94 Kb.
bet19/20
Sana17.06.2023
Hajmi67.94 Kb.
#1546664
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
12-mavzu. Majburiyatlar hisobi.

6990 «Boshqa majburiyatlar» – ushbu passiv schyotning kreditida korxonaning turli boshqa kreditor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlari, masalan xodimlar ish haqidan ushlangan alimentlar va boshqa to’lovlar, turli xizmatlar uchun hisoblangan majburiyatlari, debetida esa ushbu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarning vujudga kelishi xarajatlar schyotlarining (2010,2310,2510,9410,9420), shuningdek ish haqi schyotining (6710 ) va boshqa schyotlarning debetida, uzilishi esa pul mablag’lari schyotlarining ( 5010,5110 va boshqalar) kreditida hisobga olinadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir kreditor bo’yicha yuritiladi.

8. Bank kreditlari va qarzlar bo’yicha majburiyatlarning hisobi.


Xo’jalik sub’ektlari banklardan va boshqa yuridik shaxslardan o’zlarining aylanma mablag’larini to’ldirish, moliyaviy –xo’jalik faoliyatini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli, shuningdek kapital qurilish ishlarini olib borish va boshqa maqsadlar uchun uzoq muddatli kreditlar va qarzlar olishlari mumkin. Kreditlar va qarzlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq korxonaning kassasiga berilishi, hisob-kitob yoki boshqa maxsus schyotlariga o’tkazib berilishi, shuningdek bankdagi maxsus ssuda schyoti orqali to’lovlarni amalga oshirish yo’li bilan taqdim etilishi mumkin.
21- son BHMS ga muvofiq bank kreditlarining hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida, olingan qarzlar esa 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida olib boriladi. Ushbu passiv schyotlarning kreditida kreditlar va qarzlarning olinishi, shuningdek ular bo’yicha majburiyatlarning qoldig’i, debetida esa ularning qaytarilishi aks ettiriladi. Bank kreditlari va olingan qarzlar bo’yicha hisoblangan foizlar va ular bo’yicha hisob –kitoblar maxsus 6920 «Hisoblangan foizlar» schyotida olib boriladi. Olingan bank kreditlari va qarzlar, ularning qaytarilishi, hisoblangan foizlar buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
83-jadval


Download 67.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling