Debet 4830 «Olinadigan foizlar»
Kredit 9530 «Foizlar ko’rinishidagi daromadlar»
2.Foizlarning kelib tushishiga
Debet Pul mablag’lari hisobi schyotlari (5110-5530)
Kredit 4830 «Olinadigan foizlar»
Olinadigan dividendlar hisobi. Xo’jalik sub’ektlarining boshqa yuridik shaxslarning aksiyalariga kiritilgan investitsiyalari bo’yicha hisoblangan dividendlarga tegishli olinadigan to’lovlarining holati va harakati hisobi 4840 «Olinadigan dividendlar» schyotida aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida dividend bo’yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi va daromadga kiritilishi , kreditida esa ushbu to’lovlar bo’yicha debitorlik qarzlarini pul mablag’lari schyotlariga kelib tushishi natijasida kamayishi aks ettiriladi.
1.Xabarnoma asosida hisoblangan dividentlarga
Debet 4840 «Olinadigan dividentlar»
Kredit 9520 «Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar»
2.Foizlarning kelib tushishiga
Debet Pul mablag’lari hisobi schyotlari (5110-5530)
Kredit 4840 «Olinadigan dividentlar»
Olinadigan royalti hisobi. Xo’jalik sub’ektlarining boshqa yuridik shaxslarga foydalanishga berib qo’yilgan nomoddiy aktivlaridan kelib tushadigan va Schyot elda «royalti» nomini olgan davriy ajratmalariga tegishli olinadigan joriy to’lovlarining holati va harakati 4850 «Olinadigan royalti» schyotida aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida royaltilar bo’yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi va daromadga kiritilishi, kreditida esa ushbu to’lovlar bo’yicha debitorlik qarzlarini pul mablag’lari schyotlariga kelib tushishi natijasida kamayishi aks ettiriladi.
1.SHartnomalarga asosan hisoblangan «royalti» tegishli olinadigan joriy to’lovlar
Debet 4850 «Olinadigan royalti»
Kredit 9510 «Royalti ko’rinishidagi daromadlar»
2. Olinadigan royaltining kelib tushishiga
Debet Pul mablag’lari hisobi schyotlari (5110-5530)
Kredit 4850 «Olinadigan royalti»
Do'stlaringiz bilan baham: |