Debet 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar»
Kredit 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz»
Xo’jalik sub’ektlari tomontdan byudjetga yagona soliq to’lovi bo’yicha qarzlarining to’lanishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz»
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»
6. Xo’jalik sub’ektlarida majburiy ajratmalar va ushlanmalarning hisobi.
Umumdavlat solig’larini to’lovchi xo’jalik sub’ektlari soliq to’lovlaridan tashqari davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlariga ajratma va ushlanmalarni amalga oshiradilar.
Davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarning hisob-kitoblari tasdiqlangan shakllarda tuziladi va belgilangan muddatlarda davlat soliq idoralariga taqdim etiladi. Ushbu hisob-kitob ma’lumotlari davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishga asos bo’ladi.
Pensiya fondi, Respublika yo’l fondi hamda ta’lim va byudjetdan tashqari umumta’lim maktablari, va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar ko’rsatilgan xizmatlardan olingan sof tushumga nisbatan mos ravishda belgilangan stavkalarda hisoblangan majburiy ajratmalar summasi hisobot oyida hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlar»
Pensiya fondiga hisobot davrida hisoblangan ish haqi fondiga nisbatan belgilangan stavkada hisoblangan majburiy ajratma summasi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet Xarajat schyotlari (2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9210, 0810)
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlar»
Xodimlarga hisoblangan ish haqidan pensiya fondiga majburiy ushlanmaning ushlab qolinishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6710 «Xodim bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar»
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlar»
Respublika yo’l fondiga sotib olingan yangi avtotransport vositalari uchun to’langan majburiy yig’im summasi 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq ularning boshlang’ich qiymatiga kiritiladi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |