12-mavzu. Majburiyatlar hisobi. Reja: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari


-chizma. Soliqlarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi bo’yicha guruhlanishi


Download 67.94 Kb.
bet10/20
Sana17.06.2023
Hajmi67.94 Kb.
#1546664
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
12-mavzu. Majburiyatlar hisobi.

35-chizma. Soliqlarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi bo’yicha guruhlanishi

Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar xo’jalik sub’ektlari xo’jalik faoliyatining muhim ko’rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalarning to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida o’tkazilishi xo’jalik sub’ektlari moliyaviy faoliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.


Soliqlar, majburiy ajratmalar va yig’imlar hisobining vazifalari quydagilardan iborat:

  1. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratma ob’ektini to’g’ri aniqlash,

  2. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar bo’yicha mavjud imtiyozlarni to’g’ri qo’llash,

  3. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar stavkasini to’g’ri qo’llash,

  4. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar bo’yicha hisob kitoblarni o’z vaqtida tegishli organlarga taqdim etish,

5. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirish.
21-son BHMSga muvofiq byudjetga soliq to’lovlari bo’yicha majburiyatlarning hisob-kitoblari 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyotida hisobga olinadi. Xo’jalik sub’ektlari o’zlarining ishchi schyotlar rejasida har bir soliq turiga alohida schyotlarni, masalan, 6411 «Byudjetga QQS bo’yicha qarz», 6412 «Byudjetga aksiz bo’yicha qarz» va shu kabi boshqa schyotlarni, ochishlari mumkin. Ushbu passiv schyotlarning kreditida soliq to’lovlari bo’yicha byudjet oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularning ko’payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa byudjetga to’lovlarni kamaytirilishi va o’tkazib berilishi aks ettiriladi. Soliqlar bo’yicha majburiyatlar ular bo’yicha tuzilgan hisob-kitoblarga asosan hisoblanadi va quyidagicha aks ettiriladi:
Mahsulot(ish, xizmat)larning sotish qiymatiga qo’shiladigan soliqlar hisoblanganda:


Download 67.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling