Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
Kredit 4310 « Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o’tkazib berilgan bo’naklar», 4320 « Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o’tkazilgan bo’naklar» , 4330 « Boshqa berilgan bo’naklar».
Import bilan bog’liq operatsiyalar bo’lganda, avans tariqasida mavjud bo’lgan debitorlik qarzlar bo’yicha ijobiy va salbiy valyuta kurslari vujudga kelishi mumkin. Bunday farqlar xuddi 4010- schyotga o’xshab buxgalteriya yozuvlari bilan mos ravishda moliyaviy faoliyat bo’yicha daromad (schyot № 9540) va zararlar (schyot № 9620) ga olib boriladi.
Agar ta’minotchi va pudratchilarga o’tkazilgan bo’naklar qaytarib olinsa, u holda quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 5010 «Kassa», 5110 «Hisob–kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Schyot ellardagi valyuta schyotlari», 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar
Kredit 4310 «Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o’tkazib berilgan bo’naklar», 4320 «Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o’tkazilgan bo’naklar» , 4330 «Boshqa berilgan bo’naklar».
3.Xo’jalik sub’ektlarida xaridorlardan ko’rsatilgan xizmatlarga doir olinadigan schyotlar va ulardan olingan bo’naklarning hisobi.
Xo’jalik sub’ektlari tomonidan oldindan tuzilgan shartnomalar asosida xaridor va buyurtmachilarga ko’rsatilgan xizmatlari yoki mavjud turli ko’rinishdagi aktivlarning sotilishi natijasida xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar hosil bo’ladi. Xaridor va buyurtmachilar bilan olinadigan schyotlar bo’yicha hisob-kitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» – bu aktiv schyot xo’jalik sub’ektlarining xaridorlari va buyurtmachilari bilan ko’rsatilgan xizmatlari uchun yoki mavjud turli ko’rinishdagi aktivlarning sotilishi bo’yicha hisob-kitoblarni naqd va naqdsiz pul ko’chirish yo’llari bilan olib borishda qo’llaniladi. Unda olinadigan schyotlarning holati va harakati aks ettiriladi. Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlarni vujudga kelishiga ko’rsatilgan xizmatlarni haqiqatda amalga oshirilganligini ifodalovchi hamda turli aktivlarni haqiqatda sotilishini tasdiqlovchi boshlang’ich hujjatlar (schyot-fakturalar, dalolatnomalar) asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |