Debet 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Schyot ellardagi valyuta schyotlari
Kredit 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar»,
Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo’naklar ularga xizmatlar to’liq ko’rsatilgan keyin ya’ni xizmatlarni haqiqatda amalga oshirilganligini ifodalovchi hamda turli aktivlarni haqiqatda sotilishini tasdiqlovchi boshlang’ich hujjatlar (schyot-fakturalar, dalolatnomalar) asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar»,
Kredit 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300) bo’yicha analitik hisob har bir olingan bo’naklar turi bo’yicha alohida yuritiladi.
4. Xo’jalik sub’ektlarida soliqlar, majburiy ajratmalar va ushlanmalarning hisobi.
Barcha yuridik shaxslar qatori Xo’jalik sub’ektlari ham O’zbekiston Respublikasida amalda bo’lgan qonunchilikka asosan soliq to’lovlarini, byudjetdan tashqari fondlarga esa ajratmalarni amalga oshiradilar.
Xo’jalik sub’ektlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan xududiy soliq inspektsiyalariga belgilangan muddatlarda soliq to’lovlari va byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar hisob-kitobini topshirishi va hisoblangan mablag’larni o’tkazishlari lozim.
Xo’jalik sub’ektlari, tashkiliy-huquqiy maqomiga ko’ra umumdavlat soliqlarini yoki ixchamlashtirilgan yagona soliq to’lovini to’lovchilari bo’lib hisoblanadilar. Ixchamlashtirilgan yagona soliq rejimida faoliyat ko’rsatishi uchun ular kichik biznes sub’ektlariga kiritish mezonlari talablariga mos kelishi lozim. Kichik biznes sub’ektlariga kiruvchi xo’jalik sub’ektlari umumdavlat soliqlarini to’lovchilari sifatida ham faoliyat ko’rsatish huquqiga egadirlar.
To’lanadigan soliqlar buxgalteriya hisobida aks ettirilishiga ko’ra ko’rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatiga qo’shiladigan soliqlar, boshqa operatsion xarajatlar hisobiga olib boriladigan soliqlar, foyda hisobidan to’lanadigan soliqlar, jismoniy shaxslar hisobidan to’lanadigan soliqlar turlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |