Debet 4010,4020,4110,4120,4210,5010
Kredit 6410 (soliq turlari bo’yicha mos schyotlar)
Boshqa operatsion xarajatlar hisobiga olib boriladigan soliqlar hisoblanganda:
Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 6410 (soliq turlari bo’yicha mos schyotlar)
Foyda hisobidan to’lanadigan soliqlar hisoblanganda:
Debet 9810 «Daromad(foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar»,
9820 «Foydadan boshqa soliqlar va yiђimlar bo’yicha xarajatlar»
Kredit 6410 (soliq turlari bo’yicha mos schyotlar)
Jismoniy shaxslar hisobidan to’lanadigan soliqlar hisoblanganda:
Xodimlar daromadlaridan olinadigan daromad solig’i maxsus tasdiqlangan shkala bo’yicha hisoblanadi va byudjetga o’tkazib beriladi. Ish haqidan ushlab qolingan daromad solig’i hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar»
Kredit 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)»
Soliq to’lovlari oldin o’tkazib berilgan bo’nak summalariga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga aktivlar, ishlar va xizmatlarni olishda to’langan QQS summasiga kamaytiriladi. Bunday kamaytirishlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)»
Kredit 4410 «Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha avans to’lovlari» (turlari bo’yicha).
Avans to’lovlaridan keyingi qolgan majburiyatlar summalari byudjetga belgilangan muddatlarda o’tkazib berilishi kerak. O’tkazilgan majburiyatlarga quyidagi yozuvlar qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |