12-mavzu. Majburiyatlar hisobi. Reja: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari


Debet 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» Kredit


Download 67.94 Kb.
bet14/20
Sana17.06.2023
Hajmi67.94 Kb.
#1546664
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
12-mavzu. Majburiyatlar hisobi.

Debet 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish»
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlar»
Davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarning o’tkazib berilishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlar»
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»


7. Xo’jalik sub’ektlarida turli debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar)ning hisobi.
Turli boshqa debitorlik qarzlarining hisobi. 21-son BHMS ga muvofiq turli boshqa debitorlarni qarzlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
Ta’sischilarning debitorlik qarzlarining hisobi. O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ta’sischilar ta’sis etgan xo’jalik sub’ektlariga o’z ulushlarini bir yilgacha bo’lgan muddatda kiritishlari lozim. Ushbu davrda mavjud bo’lgan debitorlik qarzlari 21- son BHMS ga muvofiq 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyotining debetida va 8330 «Pay va badallar» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ta’sischi tomonidan badalni kiritilishi bilan ushbu schyotda aks ettirilgan debitorlik qarzi kamayadi, to’liq kiritilgandan so’ng esa yopiladi. Qarzning yopilishi ta’sischi kiritgan mablag’larning turiga qarab turli schyotlarning debetida (masalan, 5010,1010-1090,0410-0490,0120-0190 va boshqa schyotlar) va 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ta’sischilarning debitorlik qarzlarining analitik hisobi har bir ta’sischi bo’yicha yuritiladi.
Korxonalarning boshqa turdagi majburiyatlarining hisobi 21- son BHMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:
Olinadigan foizlar hisobi. Xo’jalik sub’ektlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga qisqa muddatlarga bergan qarzlari va kreditlari evaziga, shartnomalarga asosan hisoblangan foizlarga tegishli olinadigan joriy to’lovlarining holati va harakati aks ettirish uchun 4830 «Olinadigan foizlar» schyoti qo’llaniladi. Ushbu schyotning debetida foizlar bo’yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi va daromadga kiritilishi, kreditida esa ushbu to’lovlar bo’yicha debitorlik qarzlarini pul mablag’lari schyotlariga kelib tushishi natijasida kamayishi aks ettiriladi.
1.Shartnomalarga asosan hisoblangan foizlarga tegishli olinadigan joriy to’lovlar

Download 67.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling