To’lanadigan qisqa muddatli ijara bo’yicha majburiyatlarning hisobini yuritish uchun 6910 «To’lanadigan qisqa muddatli ijara» schyoti mo’ljallangan. Ushbu passiv schyotning kreditida qisqa muddatga olingan ijara uchun qarzlarning hisoblanishi, debetida esa ushbu qarzni uzilishi aks ettiriladi. Ijaraga olingan mulkni foydalanish maqsadiga qarab hisoblangan ijara haqiga ishlab chiqarish harajatlari schyotlari (2010,2310,2510) yoki davr xarajatlari schyotlari debetlanadi (9410,9420). Ijara bo’yicha qarzlar uzilganda pul mablag’lari schyotlari (5010,5110,5210 va boshqalar) kreditlanadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir ijaraga beruvchi bo’yicha yuritiladi.
Xo’jalik sub’ektlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan qisqa muddatlarga olingan qarzlar va kreditlar uchun, shartnoma shartlariga asosan hisoblangan foiz ko’rinishidagi majburiyatlarining holati va harakati aks ettirish uchun 6920 «To’lanadigan foizlar» schyoti mo’ljallangan. Ushbu passiv schyotning kreditida olingan kreditlar berilgan veksellar bo’yicha foizlarni hisoblanishi, debetida esa ushbu foizlarni kreditorlarga o’tkazib berilishi aks ettiriladi.
Hisoblangan foizlar summasiga
Debet 9610 «Foizlar ko’rinishidagi harajatlar»
Kredit 6920 «To’lanadigan foizlar»
Hisoblangan foizlar bo’yicha majburiyatlar o’tkazib berilganda
Debet 6920 «To’lanadigan foizlar»
Kredit pul mablag’lari schyotlari kreditlanadi (5010,5110 va boshqalar).
Olingan qarzlar va kreditlar uchun, shartnoma shartlariga asosan hisoblangan foiz ko’rinishidagi majburiyatlarning analitik hisobi har bir kreditor bo’yicha alohida yuritiladi.
Royalti bo’yicha majburiyatlarning hisobi. Xo’jalik sub’ektlari tomonidan boshqa yuridik shaxslarning nomoddiy aktivlaridan vaqtinchalik foydalanganlik uchun shartnomalarga asosan hisoblangan to’lovlarining holati va harakati 6930 «Royalti bo’yicha qarz» schyotida aks ettiriladi. Ushbu schyotning kreditida royaltilar bo’yicha kreditlorlik qarzini vujudga kelishi va xarajatga olinishi, debetida esa royalti bo’yicha majburiyatlarning o’tkazib berilishi natijasida kamayishi aks ettiriladi.
1.Shartnomalarga asosan hisoblangan «royalti» tegishli olinadigan joriy to’lovlar
Do'stlaringiz bilan baham: |