Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Kredit 9030 «Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari», 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimlari».
Chet el valyutalarida xorijiy mamlakatlarga eksport qilingan mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlar uchun muddatida kelib tushmagan debitorlik qarzlar bo’yicha ijobiy kurs farqlari vujudga kelishi mumkin. Bunday kurs farqlari milliy valyuta hisobida xorijiy xaridor va buyurtmachilarning korxona oldidagi debitorlik qarzlarini ko’paytiradi va u quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Kredit 9540 «Valyuta kurslaridagi farqlardan olingan daromadlar»
Olinadigan schyotlar xaridor va buyurtmachilardan oldindan olingan avans summalari evaziga, shuningdek debitorlik qarzlar naqd va naqdsiz yo’llar bilan keyinchalik kelib tushgandan so’ng yopiladi, ya’ni:
Debet 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar», 5010 «Kassa», 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Schyot ellardagi valyuta schyotlari», 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar.
Kredit 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Xo’jalik sub’ektlari xaridor va buyurtmachilardan xizmat ko’rsatish uchun yoki mavjud turli ko’rinishdagi aktivlarning sotilishi bo’yicha tuzilgan shartnoma shartlaridan kelib chiqqan holda ulardan bo’nak to’lovini (oldindan to’lashni) talab qilishi mumkin. Xaridor va buyurtmachilar tomonidan ko’rsatiladigan xizmalar yoki mavjud turli ko’rinishdagi aktivlarni sotib olish uchun oldindan bo’nak to’lovini (oldindan to’lashni) amalga oshirishlari natijasida xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo’naklar vujudga keladi. 21-son BXMS ga muvofiq xizmatlar ko’rsatish bo’yicha xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo’naklar bo’yicha joriy majburiyatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotida amalga oshiriladi:
Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo’naklar pul mablag’ini olgan xo’jalik sub’ektlari xizmatlarni ko’rsatish amalga oshirilishiga yoki mavjud turli ko’rinishdagi aktivlarning sotilishiga qadar majburiyat bo’lib hisoblanadi.
Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo’naklar
Do'stlaringiz bilan baham: |