12-mavzu. Psixologiyada muomalani o‘rganishning nazariy va metodologik asoslari
Ijtimoiy hodisalar va holatlarni baholash
Download 155.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq12 MAVZU PSIXOLOGIYADA MUOMALANI O‘RGANISHNING NAZARIY VA METODOLOGIK
Ijtimoiy hodisalar va holatlarni baholash yakka shaxs,
guruh, jamoa tomonidan taqlid (imitatsiya), yuqtirish (yuqish), ishontirish, ta’sir o‘tkazish kabi vositalar orqali ijtimoiy turmushda amalga oshadi. Insonning biron-bir narsaga yoki holatga taqlid qilishi ixtiyoriy tarzda hosil bo‘lsa, ommaviy yuqish esa ixtiyorsiz ra-vishda vujudga keladi. Tabiatda yoki jamiyatda sodir bo‘lgan voqelik yuzasidan dalillar keltirish, bildirilgan fikrni mantiqiy shakllar yordami bilan asoslash tufayli inson shu narsaga ishontiriladi, buning natijasida fikrlarda umumiy-lik ro‘y beradi. YAkka shaxsga yoki muayyan gypyhga ta’sir o‘tkazishdan ibo- rat vosita orqali hodisalarga baho berishda rag‘batlantirish, jazolash, qo‘rqitish, homiylik qilish, vasiylik, va’da berish yo‘llaridan foydalaniladi. YUzaga kelgan, sodir bo‘lgan hodisani ommaviy tarzda baholash jamoa a’zolarining aql-zakovatiga, madaniy darajasiga, mentalitet ko‘rsatkichiga, qarashlariga, e’tiqodlariga (maslagiga), fikrlashning mustaqilligiga, ijodiyligiga, fikrning chuqurligi, teranligi va tezligiga, favqulodda yuzaga kelgan yaqqol sharoitga bog‘liqdir. Ijtimoiy munosabatlar omma (fuqarolar) orasida- gi stereotiplar (ajdodlar o‘gitlari, xulq-atvor meroslari) ga, assotsiatsiyalar (hodisalarning o‘xshashligi, yondoshligi, qarama- qarshiligi)ga, identifikatsiya (kattalarning ijobiy sifatlarini o‘zlashtirish, goho illatlarini egallash)ga, ref-leksiya (kelajakda amalga oshirish mo‘ljallangan ezgu niyatni aniq baholash, oqilona nazorat qilish, bashorat etish)ga, anti-sipatsiya (istiqbol rejasining modelini yaratish)ga asosla-nadi. Ommaning ijtimoiy va shaxsiy tajribasi bilan islom ta’limoti o‘rtasidagi uzviy aloqalar ham o‘zaro munosabatlar mohiyatiga ta’sir etadi. SHaxslararo, millatlararo munosabat-lar majmuasi esa milliy mafkura negizini belgilaydi, uni mustahkamlaydi, barqarorlashtiradi, takomillashtiradi va ri-vojlantiradi. Fuqarolarning ijtimoiy ongidan eski mafkura qoldirgan izlarni, sarqitlarni batamom siqib chiqarish uchun quyidagi holatlarning xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq: eski o‘rnashib qolgan g‘oyalar bilan yangi g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hamda munosabatlar tizimi (meros, ichki kurash, ziddiyat, nizo, mojaro va boshqalar); ijtimoiy ong bilan milliy g‘oyalar o‘rtasidaga o‘zaro mu- nosabatlar (an’analar, axloq-odob, urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar, milliy qiyofa, mentallik, milliy tuyg‘u, milliy xarakter, milliy ta’b, milliy til, milliy kuy, milliy musiqa va hokazo); hozirgi zamon kishisining his-tuyg‘usi, kayfiya-ti, e’tiqodi, motivatsiyasi, intilishi, talabgorligi bilan qadriyatlar, turmush tarzi, odatlar, xulq-atvor va tajriba mala-kalari o‘rtasidagi aloqalarni qatiy ravishda mustahkamlash; individual va ijtimoiy ongga milliy g‘oyalar, qarashlar, e’tiqodlar, ommaviy faollik harakatlari ta’sirchanligini singdirish; ma’naviyat bilan ijodiyot, motivlar bilan qadriyatlar uyg‘unligini kuchaytirish; sotsial psixologiyaning fenomenlaridan (imitatsiya, ste- reotipizatsiya, identifikatsiya, refleksiya, attraksiya, yuqish, suggesteziya, antitsipatsiya, ommaviy xulq kabilardan) unumli foydalanish. Istiqlol sharofati tufayli ijtimoiy hayotning deyarli barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar, yangilanishlar, ijodiy iz-lanishlar, mustaqil fikrlash, milliy o‘zlikni anglash namoyon bo‘lmoqda. Siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishish nati-jasida mamlakatimiz egalik huquqini olishga muvaffaq bo‘ldi, o‘zbek xalqining farovonligi, ma’naviy mustaqilligi yuzasidan asriy orzu-umidlari ro‘yobga chiqdi. O‘bekiston ma’naviy sohada ham, xuddi siyosiy va iqtisodiy jabhalarda bo‘lganidek, o‘zining etnik, milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos yo‘ldan taraqqiy etmoqda. Hozirgi davrda vatanparvarlik, fi- doiylik tuyg‘ulariga asoslangan, ajdodlarimizning buyuk me-rosidan, ta’limotidan kelib chiquvchi milliy mafkura davlati-miz uchun ijtimoiy zaruriyatdir – ma’naviy mustaqilligimiz ne’mati va mahsulidir. Milliy mafkuraning psixologik tarkibiy qismlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: mustaqillik his-tuyg‘usi va uni fuqarolar tomonidan haqqoniy ravishda idrok etish; fidoiylik, jasorat, mehnatsevarlik negizida quriladigan umumiy safarbarlik; ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining vatanparvarligi; milliy ma’naviyatni egallash, kelajakni rejalashtirish, komil insonlikka erishish uchun betinim izlanish, axloqiy, aqliy zaxiralarni ro‘yobga chiqarish va boshqalar. Ona zaminga nisbatan muhabbat, uni sevish, e’zozlash, ardoqlash va ravnaqi yo‘lida g‘oyalar majmuasini yaratish – bu mam- lakatimiz ahli ruhiyatining ko‘rsatkichi, xohish-irodasining aks etishidir. Milliy mafkura mamlakatimizda yashaydigan bar-cha fuqarolarni, millat va elat vakillarini ijtimoiy-siyosiy kuchlar va guruhlarni birlashtiruvchi puxta negizdir. U davlat taraqqiyotini belgilab beruvchn mezonlar majmuasini o‘zida mu-jassamlashtiradi, adolatli, huquqiy demokratik fuqarolik ja-miyatini qurishdan iborat siyosiy g‘oyalarni ishlab chiqaradi va ijtimoiy hayotda qaror topishini ta’minlaydi. I.A.Karimov belgilab bergan mamlakat yo‘nalishining besh tamoyili, prin-sipi davlatimiz mafkurasining negizini tashkil etadi. Ushbu mafkura milliy davlatchilik siyosatini amalga oshiruvchi, kela- jakka mo‘ljallangai islohotlar, fuqarolar ruhiyatida ishonch tuyg‘usini uyg‘otuvchi dasturilamal g‘oyalar va xatti-harakatlar majmuasidir. O‘zbek millatiniig g‘ypypi, milliy iftixori quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin: ona diyorimizning ko‘p ming yillik buyuk tarixiy o‘tmishida; uning SHarq ma’rifatparvarligi, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasida, egallagan mavqeida; jahon tan olgan fan, din, adabiyot, san’at daholarida, dav-lat va jamiyat arboblarida; bebaho madaniyat, san’at, me’morchilik yodgorliklarida; o‘zbek xalqining ona tiliga, milliy urf-odatlariga, an’a-nalariga, rasm-rusumlariga sodiqligida; o‘zbeklarning islom madaniyatiga mansubligida; mamlakatining tabiatida, iqtisodiy qudratida; ko‘p millatli xalqning istiqlolga, buyuk kelajakka ishonch tuyg‘usida; fuqarolarning fan va texnika, madaniyat taraqqiyotiga ishtiyoqida, intilishida; xalqaro hamjamiyat tan olishida va nufuzi ortib borishida; tinchlik barqarorligida, o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini sobitqadamlik bilan olib borayotganligida va hokazo. Milliy istiqlol mafkurasining uzviy tarkibiy qismini boy madaniy merosimiz tashkil qiladi. Ma’naviyatimiz xazi-nasi durdonalaridan bahramand bo‘lgan sog‘lom yosh avlod ruhan tetik, aqlan donishmand, jismonan engilmas barkamol inson sifatida shakllanadi. Xuddi shu boisdan yoshlarda milliy his-tuyg‘u, milliy yurish-turish, milliy ta’b, milliy xarakter, milliy qiyofa xususiyatlarini tarkib toptirish milliy o‘zligini anglash-ni tezlashtiradi. Ularni o‘zbek xalqining milliy an’analari, urf-odatlari, rasm-rusumlaridan boxabar qilib borish muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik, istiklol mafku-rasi vatan, xalq manfaatiga sadoqat, milliy ma’naviyatga, ilm-fan va madaniyat yuksalishiga muhabbat, shaxs iste’dodi, faolligi, erkiga zo‘r hurmat, boshqa xalqlarga do‘stlik, birodarlik tuyg‘usiga samimiyatini shakllantirish lozim. Milliy mafkura axloqiy va huquqiy tarbiyaga katta e’ti-bor, qonunga so‘zsiz rioya qilish, demokratiya va hurfikrlilik, davlatga yuksak hurmat va qat’iy intizom g‘oyalarini o‘zida mu- jassamlashtirgan bo‘lishi shart. Milliy istiqlol mafkurasini yaratishda yoshlarimizga, xalqimizga bo‘lgan buyuk ne’mat – mehnatsevarlik tuyg‘usini singdirish alohida ahamiyat kasb etadi. Vatan mustaqilligini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida fido-korona mehnat qilayotgan kishilarni ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega. Axloq va odob malakalarini egallash, ota-ona va kattalar-ni hurmat qilish, samimiylik, inoqlik, qadr-qimmat, viqor, vijdonlilik, iffatlilik, o‘zaro yordam singari insoniy xis-latlar o‘zbeklar ma’naviyati va ruhiyati ramzi hisoblanadi. O‘zbeklarning his-tuyg‘usidagi tug‘ishganlariga nisbatan iliq munosabati, qarindosh-urug‘chilik rishtalari milliy ruhiyatimizni aks ettiradi. YOsh avlodni voyaga etkazish vazifasi milliy xususiyat, mil-liy o‘zligini anglash, milliy tuyg‘u, milliy xulq-atvor maro-mi, milliy turmush tarziga asoslanib amalga oshirilsa, oila muhitida, o‘quvchilar jamoasida hamjihatlik, iliq ma’naviy muhit hukm surishi muqarrardir. O‘zbek xalqining urf-odatlari, udumlari, rasm-rusumlari barqaror ahamiyat kasb etishiga qaramay, yangi davr, ijtimoiy taraqqiyot ehtiyoji va talabiga muvofiq ravishda shakl jihatdan o‘zgarib boradi, natijada yangi mazmun, yangi mohiyat kasb etadi. Mamlakatimiz o‘z xalqi tanlagan ochiq erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Vatani-mizni yanada mustahkamlash maqsadida milliy g‘ypyp, milliy o‘zligini anglash, milliy qadriyatlarni tiklash, eng asosiysi, istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish respublikamiz o‘qituvchilarining muqaddas burchidir. Odamlarning muayyan ijtimoiy etnik birlikka taalluqli ekanligini, o‘z millatini ijtimoiy tizimda va xalqaro muno- sabatda egallagan mavqeini anglash, milliy qiziqishni, o‘z xalqining boshqa ijtimoiy birliklar bilan o‘zaro munosaba-tini tushunish, g‘oyalar, hislar va intilishda namoyon bo‘lishini payqash milliy o‘zligini anglash deyiladi. Milliy o‘zligini anglashga kayfiyat, hissiy kechinmalar, yoqtirish, yoqtirmaslik, hamdardlik, tarixiy shartlangan har xil kamolot darajasiga egalik, o‘zining etnik birligini boshqalar bilan qiyoslash ki-radi. O‘zlikni anglashning omillarini oilaning ta’siri, mil-liy muhit va til, madaniy doira, tasodifiy vaziyat (ota-ona obro‘sining ta’siri, alohida turmush sharoiti, milliy turmush hodisasi) tashkil qiladi. Xalqning o‘zini millat sifatida tanishini, o‘zining jis-moniy quvvatini, aqliy qobiliyatini, yurish- turish va ularning turtkilarini, borliqqa, shaxslararo hamda millatlararo muno-sabatini to‘g‘ri tasavvur etishdan iborat sifati milliy o‘zligini anglashni bildiradi. Milliy o‘zligini anglash milliy ongning shakli hisoblanib, o‘zini muayyan birlikka aloqador ekanligi-ni bilish xalqqa nisbatan munosabat birligida vujudga kela-di. Boshqa millatlarni bilish orqali o‘z xalqini anglash, mil-liy xulq, faoliyat, muomalani tahlil qilish orqali o‘zligini payqash, o‘zini va o‘zgani kuzatish tufayli milliy xususiyatini sezish, o‘zini nazorat qilish va boshqarish yordami bilan o‘zligini tushunish sodir bo‘ladi. Xuddi shu sababdan milliy o‘zligini anglash xalqning o‘z ehtiyojlariga, qobiliyati va salohiyatiga, mayllariga, xulq-odob ichki, tashki turtkilariga (motivlariga, motivatsiyasiga), kechinmalariga va mulohazalariga nisbatan mu-nosabatining in’ikosidir. Milliy o‘zligini anglash – muayyan xalqning u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligida, ijtimoiy munosabatda o‘z millati-ning egallagan mavqeini aniq tasavvur qilganligida, milliy manfaatdorligida o‘z ifodasini topishdir. Milliy o‘zligini anglashda oilaviy ta’sirning, tilning, qarindosh-urug‘chilik aloqasining roli benihoya kattadir. Milliy o‘zlikni anglashning ob’ektiv (tarixiy taraqqiyot, tabiat in’omi) va sub’ek- tiv (millat vakili ta’siridagi o‘zgarishlar) omillari mavjud. O‘zbek millatining qomat tutishi, kiyinishi, ibosi, imo-ishorasi, yuz harakatlari, tabassumi, xayoloti, ta’zimi, marosimlari, ijodiyoti, folklori, eposi, ta’bi, didi, ochiq qalbligi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar mahsuli tariqasida gavda-lanadi. Mazkur ruhiy holatlar va hodisalarning tan olinishi, zarur omillarning etilishi milliy o‘zlikni anglash jarayonini tezlashtiradi. Adabiyotlar ro‘yxati: Godfrua J. CHto takoe psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s frans. M., Mir, 1992. -496 s. Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. T.: 2000, 185 b. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. T.: 1999, 94 b. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2004. Bolotova A.K, Makarova I.V. Prikladnaya Psixologiya: Uchebnik dlya vuzov.- M.Aspekt Press, 2002 – 383 s. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznanie sebya: Vliyanie na lyudey:Posobie dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003. Download 155.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling