Bosh pudratchi tashkilot – bu buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj va
boshqa ishlarni olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning
bajarilishini to‘liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
Subpudratchi tashkilot – bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib
berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini
bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot.
Buyurtmachi – bu bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlar tomonidan
shartnomalar asosida bajariladigan qurilish, qurilish-montaj, kengaytirish,
rekonstruksiya, modernizatsiya, obodonlashtirish, ta’mirlash va boshqa ishlarning
xaridori.
Pudrat shartnomasi - bu bosh pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida qurilish,
qurilish-montaj, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya, obodonlashtirish,
ta’mirlash va boshqa ishlarni bajarish shartlari, talablari, o‘zaro hisob-kitoblar va
jihatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yuridik hujjat.
Injiniring kompaniyasi – davlatning xududiy boshqaruv organlari xuzurida
davlat byudjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish
ob’ektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy qismlar, shifoxonalar va
boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzishda «yagona buyurtmachi
xizmati» funksiyasini bajaruvchi maxsus davlat tashkiloti.
Tender (tanlov) – bu «yagona buyurtmachi xizmati» injiniring
kompaniyalari
orqali
davlat
byudjetidan
markazlashtirilgan
tarzda
moliyalashtiriladigan qurilish ob’ektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy
qismlar, shifoxonalar va boshqalar)ni qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya
qilish, kengaytirish, ta’mirlash kabi ishlarni bajarish borasida pudrat tashkilotlarni
aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlov savdolari.
Oferta qurilish loyihasi - injiniring kompaniyalariga tanlov savdosida
qatnashish bo‘yicha takliflarni o‘zida mujassamlashtiruvchi tanlov hujjati.
Do'stlaringiz bilan baham: |