12-mavzu. Ssuda kapitali va kreditning iqtisodiy asoslari
Ssuda kapitali manbasi va harakat qilish shakllari
Download 62.1 Kb.
|
12-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.3. Kreditning asosiy funkciyalari va tashkil qilish asoslari
12.2. Ssuda kapitali manbasi va harakat qilish shakllari
Ssuda kapitali — bu faoliyat ko’rsatuvchi kapital aylanishiga xizmat qiluvchi va foiz keltiruvchi ssudaga (qarzga) beriladigan pul kapitalidir. Ssuda kapitalining manbalari — bu sanoat va savdo kapitallari aylanishi jarayonida bo’sh qoladigan pul kapitalidir. Pul kapitalining bo’shashi quyidagi omillarga asosan yuzaga keladi: — asosiy kapital oboroti (aylanishi)ning xarakteridan. Tovarlarni sotgandan so’ng asosiy kapitalning eskirgan qismi amortizaciya zaxirasi sifatida asosiy kapitalning yangilanish muddati kelgunga qadar yig’ilib turadi; — oborot (aylanma) kapitalning doirniy qismi aylanish xarakteridan. Tayyor tovarlarni sotish va xomashyo va materiallarni yangi tovarlar ishlab chiqarish maqsadida xarid qilish oralig’ida m a’lum bir muddat o’tadi. Shuning uchun tayyor tovarlarni sotishdan tushgan pul tushumi vaqtinchalik bo’sh pul kapitali sifatida bo’sh bo’lib qoladi; — tovarlarni sotish davri (vaqti) bilan shu haqini to’lash davri orasidagi vaqtinchalik uzilishning mavjudligi; — ishlab chiqarish hajmini kengaytirish talablari darajasida zarur bo’lgan pul shaklidagi qo’shimcha qiymatni jamg’arish (yig’ish) zarurati va boshqa holatlar. Shunday qilib, vaqtinchalik pul kapitalining bo’shashi obyektiv zaruriyatdir. Biroq bunday holda bekor turadigan pullar doirniy harakatda bo’ladigan kapital qiymati talabiga qarshi ishtirok etadi. Bunday qarama-qarshilik kreditlarni berish orqali hal qilinadi, ya’ni vaqtinchalik bo’lmaydigan pul kapitali qarzga beriladi. 12.3. Kreditning asosiy funkciyalari va tashkil qilish asoslari Har qanday iqtisodiy kategoriya o’zining funkciyalariga ega bo’lgani kabi kredit ham o’zining bir qator funkciyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimida kreditning o’rni va roli u bajarayotgan funkciyalari bilan aniqlanadi. Kreditning funkciyasi — bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatning muayyan ravishda namoyon bo’lishidir. Kreditni tahlil qilishda, uning funkciyasi mohiyati va roli o’rtasidagi oraliq bo’g’in sifatida ko’rib chiqiladi. Kredit tomonidan bajariladigan funkciyalar turli adabiyotlarda turlicha beriladi. Ko’pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funkciyasi ko’rsatilgan va asoslangan bo’lib ular quyidagilar: — kapitallarni qayta taqsimlash va foyda me’yorini tekislash (tengashtirish); — muomala xarajatlarini tejash; — kapitalning markazlashuvi; — kapitalni yig’ilishi va jamg’arish funkciyasi. Biroq boshqa ko’pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funkciyasi ko’rsatilgandir. Bu funkciyalar; — qayta taqsimlash funkciyasi; — qayta takror ishlab chiqarish funkciyasi; — muomaladagi haqiqiy naqd pul mablag’larini kredit muomala vositalari bilan almashtiradi; — rag’batlantirish funkciyalaridir. Bu yuqorida ko’rib o’tilgan funkciyalar yordamida kredit mamlakatdagi taqsimlangan va bo’sh turgan moddiy va pul mablag’lari o’z egalaridan vaqtinchalik boshqa mulk egalariga harakat qilishlari uchun imkon yaratadi. Kreditning qayta taqsimlash funkciyasi 2 ko’rinishda pul va tovar shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Kreditning takror ishlab chiqarish funkciyasida esa kredit 2 xil ko’rinishda namoyon bo’ladi: — qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital hajmini ta’minlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga imkon yaratiladi. — turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jamiyat miqyosida ishlab chiqarish uchun yaxshi va yomon holatlar (sharoitlar) vujudga kelishi mumkin (sifat, tannarx, baho). Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablag’larini kredit to’lov vositalari bilan almashtirish funkciyasida haqiqiy (oltin) pullar pul belgilari (banknotalar) bilan almashtiriladi. Bu o’z navbatida davlatni qarz majburiyatini bildiradi hamda oltin qiymat belgilarini belgilaydi. Shu bilan birga naqd pul belgilari aylanishi jarayonida pul belgilari o’z navbatida kredit muomala vositalari - veksel, chek, plastik kartochkalari bilan almashtirilishi mumkin. Kreditning rag’batlantirish funkciyasida — kredit ishlab chiqarish va muomalaga mikro va makro darajada ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida mablag’lardan tejamli foydalanishga asos yaratadi. Kredit qarz oluvchidan olgan kreditlarining samarali, daromad oladigan darajada foydalanishiga, o’z vaqtida ishlatib to’liq qaytarilishiga majbur qiladi. Davlat miqyosida esa kredit miqdorini ko’paytirish yoki kamaytirish orqali iqtisodiyotga salbiy yoki ijobiy ta’sir o’tkazishi mumkin. Chunki kredit miqdorining kamayishi, ko’payishi uning ikki tomonlama ta’sirini bildiradi. Kreditning bu funkciyalari haqida olimlar o’rtasida yagona fikr yo’q. Masalan, Rossiya iqtisodchisi O.I. Lavrushinning fikricha, kreditning funkciyalarini tahlil qilishda ikkita yechilmagan muammo mavjud: funkciyani tushunishning uslubiy asoslari; funkciyalarning tarkibi va strukturasi. Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi munosabatlar xosdir: - kreditorning qarz oluvchi va qarzga berayotgan qiymat bilan munosabati orqali; - qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali; - qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati orqali. Kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, bunda kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o’rtasida aylanadi. Bu yerdan kreditning birinchi funkciyasi kelib chiqadi: Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funkciyasi. Kredit va pul mablag’lari o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda, kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari bilan almashtirish funkciya oldinga surilgan. Lekin bu funkciya hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlar «saxnasidan» chiqib ketgan. Kreditning tashqi muhit bilan aloqasi uning ikkinchi funkciyasini keltirib chiqaradi. Qayta taqsimlash funkciyasi. Kredit qayta ishlab chiqarish jarayonining barcha tarmoqlariga — ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala va iste’molga xizmat ko’rsatadi. Qayta ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq holda kredit, ishlab chiqarish, taqsimlash yoki iste’mol jarayonida kechadigan funkciyalardan farqli o’laroq qayta taqsimlash funkciyasini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha bo’sh turgan moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yo’naltiruvchi va natijada kechadigan funkciyasini bajaradi. Qayta taqsimlash funkciyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo’sh pul mablag’lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi hamda vaqtincha foydalanishga, davlat va shaxsiy sektorning bo’sh pul mablag’lari hamda daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to ‘lov asosida beriladi. Bu funkciya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi. Turli tarmoqlardagi darajasiga ko’ra, kredit iqtisodiy stixiyali makroboshqaruvchisi sifatida namoyon bo’ladi. Ba’zi hollarda bu funkciyaning amalga oshirilishi bozor tizimiga nomutanosiblikni chuqurlashuviga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday holat MDH davlatlarida bozor iqtisodiga o’tish bosqichida namoyon bo’lmoqda shuning uchun kredit tizimini davlat tomonidan boshqarishning muhim vazifalaridan biri bu iqtisodiy ustunlikni oqilona tavsiflash va kredit resurslarini u yoki bu tarmoqqa jalb qilishni rag’batlantirishdan iborat. Muomala harakatlarini tejash funkciyasi. Kredit vujudga kelishi davridan boshlab haqiqiy pullarni (oltin, kumush) kredit pullari — veksellar, banknotalar, cheklar bilan almashishini ta’minlab kelgan. Lekin, oltinning monetär roli yo’qolishi tufayli kredit bu funkciyasi yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib, hisob-kitoblarni tezligini va kam xarajatliligini ta’minlamoqda. Kapitalning muomalada bo’lish vaqtining tejalishi uning ishlab chiqarishda bo’lish vaqtini oshiradi va bu ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi. Bu funkciyaning amalga oshishi kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan. Uning manbayi sanoat va savdo kapitalining doiraviy aylanishi jarayonida vaqtincha bo’shagan moliyaviy mablag’lar hisoblanadi. Xo’jalik subyektlari pul mablag’larining kelib tushishi va ishlatilishi o’rtasidagi vaqt bo’yicha farq faqatgina ortiqcha mabalag’lar hajmini emas, balki moliyaviy mablag’larning yetishmovchiligini ham aniqlab beradi. Shuning uchun korxona va tashkilotlarning o’z aylanma mablag’larining vaqtinchalik yetishmovchiligini to’ldirish uchun ssu- dalar olish keng tarqalib borgan. Kapital to’planishining jadallashuvi va konsentraсiyalashuvi funkciyasi. Kapital to’lanishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo’jalik yurituvchi har bir subyektning o’z maqsadiga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirishga, shu bilan birga qo’shimcha foyda olishga qarz mablag’laridan foydalanish imkonini yaratadi. Shuni ta’kidlab o’tish zarurki, iqtisodiy inqiroz davrida bu resurslarning qimmatliligi ko’pchilik xo’jalik faoliyati jabhalarida kapital to’planishini jadallashtirish masalasini hal qilishda to’sqinlik qiladi. Shunga qaramasdan, ko’rib chiqilayotgan funkciya hozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag’lar bilan ta’minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mabalag’lar bilan ta’minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi. Muomala to’lov vositalarini chiqarish funkciyasi. Bu funkciyaning amalga oshish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullami siqib chiqarib, to’lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksellar, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni naqd pulsiz operaciyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashishining kerakli elementi sifatida muhim o’rin tutadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi ham kredit orqali samarali amalga oshirilishi mumkin. Urushdan keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti har bir mamlakat yoki alohida xo’jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy rivojining hal qiluvchi omiliga aylangan. Kreditning fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishdagi rolini fan-texnika bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari ishlatilishi mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchi markazlarning normal ishlab turishini ta’minlash uchun ham, ular faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari ishlatilishi mumkin. Shuningdek, kredit innavatsion jarayonlarda ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini o’zgartirish jarayonlarini amaiga oshirish uchun zarur. Download 62.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling