12-mavzu. Ssuda kapitali va kreditning iqtisodiy asoslari
Kredit nazariyalari tanqidi
Download 62.1 Kb.
|
12-мавзу
12.7. Kredit nazariyalari tanqidi
Turli davrlardagi yashab ijod qilgan iqtisodchilar kreditni iqtisodiyotda hamda takror ishlab chiqarish jarayonidagi o’rniga turlicha baho berib kelganlar, ularning ayrimlari kreditga yuksak baho berganlar, ikkinchi guruh iqtisodchilari uni o’rnini keyingi darajaga qo’yib kelganlar. Kredit to’g’risidagi nazariyalar ikki guruhga bo’linadi. Ularning birinchisi kreditning naturalistik nazariyasi deb nomlanadi. Bu nazariyaning asoschilari bo’lib A. Smit va D. Rikardolar hisoblanadilar. Bu nazariyaga asosan kreditning ahamiyati pasaytiriladi, ya’ni kredit faqat jamiyatda taqsimlangan kapitalni alohida ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qayta taqsimlash shakli bo’ladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish omili bo’la olmaydi. Bu nazariyaning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: — kredit moddiy qiymatliklami bir qo’ldan ikkinchisiga o’tkazishda texnik vosita (qurol) bo’lib hisoblanadi. — kredit obyekti bo’lib natural (ishonchsiz) ashyoviy boyliklar hisoblanadi; — ssuda kapital haqiqiy kapitalga tenglashtiriladi va uni harakati ishlab chiqarish kapital harakatiga mos keladi; — banklar moddiy qiymatliklarni bir mulk egasidan ikkinchi mulkdorga o’tkazib beruvchi vositachi sifatida ishtirok etadi. Yuqorida ko’rib o’tilgan kredit nazariyasi yo’nalish namoyondalari tomonidan kredit to’g’risida va uni takror ishlab chiqarish jarayonida noto’g’ri xulosaga kelganliklarini bildiradi. Chunki ular kreditning (ssuda kapitalini) harakatini, ishlab chiqarish kapitali, tovar kapitalining harakatini noto’g’ri ko’rsatib beradilar. Hattoki kreditni qayta taqsimlash funkciyasini ham oxirigacha olib bera olmaydilar. Bu nazariya tarafdorlarining kamchiligi shuki, ular kreditni ishlab chiqarishga bevosita bog’liq, lekin ishlab chiqarish u hech qanday ijobiy ta’sirini ko’rsatib bera olmaganlar. Haqiqatda esa kredit ssuda kapitalining harakatini natijasi bo’lib, ikki xususiyatga ega, ya’ni kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatishi, yoki unda qarama - qarshiliklarni ham vujudga keltirishi mumkin. Ammo naturalistik nazariyotchilarning kamchiliklariga qaramay ularning qarashlarida ham pozitiv fikrlar (mulohazalar) bor. Masalan, bu nazariya tarafdorlari fikriga ko’ra kredit haqiqiy kapitalni yaratmasligi, balki faqat ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko’rsatishi, ya’ni kreditni bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq ekanligini bilib bera olganlar. Kreditning rolini (o’rnini) bo’rttirib ko’rsatadigan nazariya bu — kreditning kapitalini yaratish nazariyasidir. Bu nazariya asoschilari — ingliz iqtisodchilari J. Lo (XVIII) va G. Makleod (XIX) hisoblanadilar. Bu nazariyaning negizi shuki, kredit hech qanday ishlab chiqarish jarayoniga bog’liq emas va u iqtisodiyotda hal qiluvchi o’rinni egallaydi. Ular kreditni pul va boyliklar bilan bir qatorga qo’yadilar. Kapitalni yaratish nazariyasining asl ma’nosi bo’yicha banklar kreditni berish orqali kapital yaratadilar, kredit hajmi banklarning o’zlari ishlab chiqaradigan kredit siyosatiga bog’liq. Shuning uchun banklar qanchalik chegaralanmagan miqdorda kreditni kengavtirishlari va bu yo’l bilan ishlab chiqarishni kengaytirishga asos yaratishlari mumkindir. Banklar «kredit fabrikasi» degan tushuncha shu nazariya tarafdorlari tomonidan vujudga keltirilgandir. Kreditning kapitalini yaratish nazariyasi tarafdorlari banklar tomonidan berilayotgan kredit hajmi bank xohishiga emas balki, takror ishlab chiqarish jarayonining obyektiv zaruriyatidan (xohishidan) kelib chiqishi hamda kreditni haqiqiy kapital bilan almashtirib yuboradilar. Kreditning bu nazariyasining davomchilari bo’lib, avstraliya professori I. Shumeter, nemis bankiri A. Tan va ingliz iqtisodchilari J. M.Keyns va R. Xoutri hisoblanadilar. Shumeter va Tanlar banklarning kuch-qudratini oshirib yuboradilar va hech qanday chegarasiz beriladigan kreditlar takror ishlab chiqarish jarayonini hamda iqtisodiy o’sishning asosiy kapitali bo’lib hisoblanadilar deb qaraydilar. Shunga ko’ra bu qarashlar kreditning «ekspazicion kredit nazariyasi» nomi bilan olamga mashhurdir. Ushbu nazariya orqali iqtisodchilar mamlakatdagi inflyaciyani oqlamoqchi boladilar. Biroq kreditning bu nazariya bo’yicha davomchisi bo’lgan J. Keyns o’zida kerakli bo’lgan qarashlardan yaxshi (ijobiy) tomonlarini oigan holda kreditni iqtisodiyotni tartibga solish vositasi deb qaraydi va isbotlab beradi. Chunki banklar tomonidan kreditlash iqtisodiyot talabiga asosan berilishi, talab oshsa taklif ham oshishi mumkinligini e’tirof etadi. Bunga tarixiy misollar yetarli. Masalan, iqtisodiy mamlakatda kuchaysa kreditga bo’lgan talab ham oshadi va aksinchadir. Kreditning ortiqcha berib yuborilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida qo’shimcha kreditlarning inflatsiyaning vujudga kelishiga sababchi bo’lib kelishi mumkindir. Download 62.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling