12-mavzu. Ssuda kapitali va kreditning iqtisodiy asoslari


Download 62.1 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi62.1 Kb.
#1382677
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-мавзу


12-mavzu. Ssuda kapitali va kreditning iqtisodiy asoslari
12.1. Kredit zarurligi va uning mohiyati
12.2. Ssuda kapitali manbasi va harakat qilish shakllari
12.3. Kreditning asosiy funkciyalari va tashkil qilish asoslari
12.4. Kreditning asosiy tamoyillari
12.5. Ssuda foizi: mohiyati, turlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar
12.6. Kreditning asosiy shakllari va turlari
12.7. Kredit nazariyalari tanqidi
12.1. Kredit zarurligi va uning mohiyati
Jamiyat faoliyatining o’ta muhim jihati — bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarish bu omillar bilan har doim ham bir tekisda ta’minlana olmaydi.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo bo’lishining iqtisodiy asosidir.
Ma’lumki, pul mablag’lariga ko’p hollarda kreditlarga olingan mablag’lar, korxonalarning hisob varaqasidagi mablag’lar va naqd pullar, aylanma mablag’lar va moliyaviy mablag’lar kiradi. Bu iqtisodiy kategoriyalar tashqi tomondan o’xshagani bilan ularning ichki xususiyatlari juda xilma-xil va bir-biriga o’xshamaydi.
Kredit — bu vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini ma’lum muddatga, haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Kredit yordamida Tovar - moddiy boyliklari, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilarning mablag’lari yetarli bo’lmagan sharoitda to’lovni kechiktirib tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to’lovlarni amalga oshirish imkomyatiga ega bo’ladilar.
Kredit iqtisodiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir ko’rinishi sifatida yuzaga chiqadi. Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir.
Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish — bu uning sifatlarini, kreditning muhim tomonlarini, uning iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko’rsatuvchi asoslarni bilish demakdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida kreditning mohiyati ko’pgina iqtisodchi olimlar tomonidan o’rganilib chiqilgan va ular tomonidan kreditning mohiyati bo’yicha fikrlar bildirilgan.
Kreditning mohiyatini tushunish uchun awalombor, uning tarkibi nimadan iborat ekanligini tushunib olish zarur. Kredit munosabat bo’lishi uchun uning zarur munosabatlari — kreditning obyekti va subyektini bilish zarur.



Qarzga berilgan kredit qiymati

1-chizma1.


Respublikamizning ko’zga ko’ringan olimlaridan biri Sh. Abdullayeva o’zining «Pul, kredit va banklar»2 nomli kitobidan kredit munosabatlarida subyektlari ikki xil bo’lishini ko’rsatib o’tadi:
— kredit (qarz beruvchi);
— qarzdor.
Bundan tashqari, kredit, kredit munosabatlari tarkibining elementi sifatida kreditning obyekti yuzaga keladi. Bunda qarzga berilgan mablag’ o’z qiymatini saqlab qolishi kreditning asosiy xususiyati hisoblanadi. Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi.
Kreditning harakat bosqichlari ham uni muhim belgisi hisoblanadi.
Qarzga beriluvchi qiymat harakatini quyidagicha ifodalash mumkin:

bunda, Bk — kreditning berilishi;
Okz — kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojini qondirish uchun olinishi;
Ik — kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olinganligi bilan uzviy bog’liq bo’ladi;
Vr — qarz oluvchining xo’jaligida qarzga olingan qiymatning aylanishi tugallanishini resurslarning aylanishdan chiqarilishini ifodalaydi;
Qk — kreditni qaytarish;
Fks — vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo’liga qaytib kelishi (foiz bilan).
Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Bunda tahlil jarayonida yangidan yangi beligilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin.

Download 62.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling