12-mavzu. Ssuda kapitali va kreditning iqtisodiy asoslari


Kreditning asosiy tamoyillari


Download 62.1 Kb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi62.1 Kb.
#1382677
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-мавзу

12.4. Kreditning asosiy tamoyillari
Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoyillar kredit rivojlanishining birinchi bosqichida ko’zga tashlangan edi. Keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o ‘z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyil’.arga ega. Bular kreditning qaytarib berishliligi, kreditning muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va to’lovlilik tamoyillaridir.
Kreditning qaytarib berishlilik tamoyili. Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligi shartidir, qaytib berishlik kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, qaytib berishlilik o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishini tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi — bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashdir.
Kreditni qaytarish aylanishdan chiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larining qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi, qaytarib berishlilik ikki yoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir. Qiymatni qaytaruvchi harakatida huquqiy tomoni ham muhimdir. Muayyan bir muddatga beriladigan qiymatga egalik huquqi kreditordan qarz oluvchiga o’tmaydi.
Qarzga beriladigan qiymat faqat muayyan bir muddatgina o’z egasi qo’lidan uzoqlashadi, lekin egasini o’zgartirmaydi. Bo’sh turgan resurslarni akkumulatsiya qiluvchi banklar bu resurslardan o’z resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarzga beruvchi mablag’ning egasi bo’lib korxona, tashkilot, alohida shaxslar hisoblanadi.
Qaytarib berishlilik muayyan shartnomada o’zining o’rnini topadi. Qaytarib berishlilik ob’ektiv belgi hisoblanadi. Kreditni qaytarib berishlilik tomoni uni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan, moliyadan farq qilish imkonini beradi.
Kreditdan samarali foydalanish asosidagi qaytarib berishlilik — butun bank faoliyatining markaziy punkti hisoblanadi. Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydaianganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko’chirish yo’li bilan to’lanadi. Shu yo’l bilan banklar kredit resurslarining qayta tiklanishini ta’minlaydi. Sobiq ittifoq davrida markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida kreditlashning «qaytarilmagan ssuda» deb ataladigan norasmiy tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli xalq xo’jaligining ko’p tarmoqlarida ayniqsa qishloq xo’jaligi sohasida keng tarqalgan edi. Kredit davlat banki tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilar edi. O’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qaytarilmaydigan ssudalar budjet subsidiyalarini qo’shimcha shakli sifatida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida «qaytarilmas kredit» tushunchasi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yot bo’lib, bunday kreditning amaliyotda bo’lishi iqtisodiyot uchun juda xavfli hisoblanadi.
Kreditning muddatliligi. Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o’z vaqtida qaytarib berish muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga berilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko’ra uzoq va qisqa muddatli kreditlarga bo’linadi.
Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo’lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko’rsatilgan ma’lum muddatda kreditni qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir. Agar kreditor foizi bilan o’z vaqtida qaytarib olsa, uni egasiga qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bo’ladi. Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o’z vaqtida kreditorga qaytarish va shu bilan shartnomadagi jazo choralaridan qutulishidan manfaatdor.
Kreditning muddati bo’yicha kredit shartnomada ko’rsatilgan shartlarning buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar (jarimalar shaklida, kredit bo’yicha foiz darajasini oshirish, kreditning muddatini qisqartirish va boshqa) ni qo’llash mumkin. Bu choralar ham yordam bermagan hollarda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo’jalik sudi orqali undirib olishi mumkin. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklar tejamli va qayta ishlash muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo’natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma fondlarning doiraviy aylanishining tezli- giga bog’liqdir.
Kreditning ta’minlanganligi. Bu tamoyil yordamida xalq xo’jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o’rtasida bo’lishi zarur bo’lgan proporsiyalarning bir rne’yorda bo’lishi ta’minlanadi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo’jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag’larining har bir so’miga muayyan boyliklarning bir so’mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xo’jaligi tarmoqlariga berilgan kreditlar to’liq tovar moddiy boyliklari va m a’lum xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o’z navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Hozirgi sharoitda bu jarayonning amalga oshirilishini quyidagicha ifodalash mumkin. Kredit olayotgan korxona bankka tovar yoki tovar hujjatlarini, boshqa biror shakldagi mulkni garovga qo’yadi va bank bergan kredit qarz o’rnini qoplash huquqiga ega bo’ladi. Ba’zida kredit varrant asosida ham berilishi mumkin (Varrant — garov uchun xizmat qiluvchi hujjat). Bunda kreditorning berayotgan krediti tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Bank ssudalarini tovar-moddiy boyliklar bilan to’liq ta’minlanganligi pul muomalasining barqarorligini ta’minlaydi chunki bankda pullarning naqd pulga va aksincha aylanishi transformatsiyalanib turadi.
Xulosa qilib aytganda, kreditning ta’minlanganlik ta’moyili qarz oluvchi o’ziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi va o’zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiyot barqarorlikka erishish davrida ayniqsa muhimdir.
To’lovlilik tamoyili. Bu tamoyil aylanma fondlarning doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to’lov resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadi. Kreditning to’lovligi uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishini gina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi.
Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno). Kreditning to’lovliligi nafaqat banklar faoliyatining maqsadiga, balki korxonalarning bevosita foydasiga bog’liq bo’ladi va ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotida uchta asosiy funkciyasini bajaruvchi bank foizi me’yorini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi:
huquqiy shaxslar foydasining va jismoniy shaxslar daromadining taqsimlanishi;
ishlab chiqarishni tartibga solish va ssuda kapitalining taqsimlanishi orqali tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyosda aylanish;
iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichida bank mijozlarining pul mablag’larini inflatsiyadan himoyalash va boshqalar;
ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan aniqlanib, kredit resurslarining bahosi sifatida namoyon bo’ladi.
Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan boiishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo, aniq biror obyektga maqsadli yo’naltirilganligi korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko’rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak.
Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mahsulotga, jo’natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud bo’lishi va harakat qilishining muhim tomonlarini o’zida ifodalaydi.
Bizning fikrimizcha bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi tamoyil kreditning samaradorligi tamoyilini kiritish zarur.
Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankka qaytarib to’lashni, undan tashqari shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan kreditlar ma’lum bir loyihalarning bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishdan oldin loyihani bajarish uchun yo’naltiriladigan mablag’larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur. Agar biz bozor iqtisodi yuqori rivojlangan mamla-katlarda kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu mamlakatlarda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin ajratiladigan mablagiarning samaradorligi hisob-kitob qilib chiqiladi. Agar loyihaga qo’yiladigan mablagiar samara beradigan bo’lsagina, shu loyiha uchun mablag’ ajratiladi.
Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g’arb mamlakatlari amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qoilaniladi. Bu qoida kreditlashda «5 «S» lar qoidasi» deb yuritiladi.
«5 «S» lar qoidasi» ga asosan har bir «S» bo’yicha korxonaning faoliyati tahlil qilib chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob bersagina korxonaga kredit beriladi. Qoidaga asosan «S» harflari korxonaning xo’jalik faoliyatining quyidagi jihatlarini ifodalaydi.
Character — qarz oluvchining xarakterini baholash va bozordagi obro’si;
Capacity — qarz oluvchining boshlagan ishini oxiriga yetkaza olish, tegishli daromad olish hamda bank kreditlarini qaytarib berish qobiliyati;
Capital — qarz oluvchining sarmoyasini yetarliligi;
Conditions — shartlar. Bunda iqtisodiy muhim va mazkur biznesni rivojlanishi nazarda tutiladi.
Collateral — garov (kafolat, kafillik, sug’urta polisi, tovar moddiy boyliklar) va boshqalar.
Shunday qilib, banklar tomonidan beriladigan kreditlarning asosiy tamoyillarini quyidagi sxemada ko’rsatish mumkin.

Kreditning tamoyillari


2-chizma3.





Download 62.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling