12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)
Download 110.88 Kb. Pdf ko'rish
|
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat) Reja: 1. O„zbekistonda chuqur o„ylangan o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi vazifalar belgilanishi. 2. O„zbekistonning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo„shnichilik muhitini shakllantirish. 3. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik aloqalari qo„mitasining tuzilishi. Uning vazifalari va funksiyalarining belgilanishi. O„zbekistonda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag„rikenglikni ta‟minlash hamda chuqur o„ylangan, o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo„nalishlarini belgilashda davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o„rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, mamlakat tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo„shnichilik muhitini shakllantirish, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik aloqalarini mustahkamlash yaqin istiqbolda amalga oshirilishi ko„zda tutilgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu ma‟noda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. 2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, diniy bag„rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‟minlash hamda chuqur o„ylangan, o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo„nalishlari” deb nomlangan beshinchi yo„nalishida: Xavfsizlik, diniy bag„rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‟minlash sohasidagi ustuvor yo„nalishlar:O„zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish; Axborot xavfsizligini ta‟minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o„z vaqtida va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish;fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash; Davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish; Atrof-tabiiy muhit, aholi sog„lig„i va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik muammolarning oldini olish;favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish. Chuqur o„ylangan, o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo„nalishlar: Davlat mustaqilligi va suverenitetini mustaxkamlash, mamlakatning halqaro munosabatlar to„la huquqli subyekti sifatida o„rni va rolini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish; O„zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo„shnichilik mintaqasini vujudga keltirish; O„zbekiston Respublikasining halqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni yetkazish; O„zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda halqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; Davlat chegarasining delimitatsiya va demarkatsiya masalalarini hal etish o„z aksini topgan. Download 110.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling