12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)
Download 110.88 Kb. Pdf ko'rish
|
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Vatandoshlar” jamoat
Sakkizinchi. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish Markaziy Osiyo
xalqlarining qardoshlik rishtalarini mustahkamlashning yana bir muhim omili hisoblanadi. Festivallar, madaniyat va kino kunlari hamda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bag„ishlangan kitoblarni qo„shni davlatlar bilan birgalikda nashr etishga bo„lgan talab bugungi kunda tobora ortib bormoqda. Shunday tadbirlarni o„tkazish ezgu an‟anaga aylanishi uchun tegishli loyihalarni ishlab chiqish zarur. Markaziy Osiyo hududi bo„ylab amalga oshiriladigan turizm mintaqa xalqlarining yaqinlashishiga ko„maklashadigan yana bir amaliy omil hisoblanadi. Shu ma‟noda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda sayyohlik yo„nalishlarining barcha qirralarini qamrab oladigan “Bitta sayohat – butun mintaqa” qo„shma dasturini amalga oshirish bo„yicha tashabbuslar shakllantiriladi. Mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga barqaror va ortga qaytmas mazmun baxsh etish, “xalq diplomatiyasi” imkoniyatlarini ko„proq ishga solish, parlamentlar va media sohani jalb qilish g„oyat muhim hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari ayollari muloqotini yanada rivojlantirish, gender tenglik sohasidagi global maqsadlarga erishish bo„yicha hamkorlikni kengaytirish zarur. O„zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari faqat birgalikda. ahillikda, bir-birini qo„llab-quvvatlagan holda oldida turgan muammolarni samarali hal qila olishiga, mintaqaning barqaror rivojlanishini ta‟minlashga va mintaqa xalqlari farovonligini yuksaltirishga erishish mumkin, deb hisoblaydi. O„zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligida 2018-2021 yillarda BMT Bosh Assambleyasining bir necha maxsus rezolyutsiyalari qabul qilindi. “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta‟minlash bo„yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” (2018 yil 22 iyun), “Ma‟rifat va diniy bag„rikenglik” (2018 yil 12 dekabr), “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” (2019 yil 19 dekabr), “Orolbo„yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish to„g„risida”gi (2021 yil 18 may) BMT rezolyutsiyalari xalqaro hamkorligimizning yaqqol misolidir. Hamkorlikda amalga oshirilayotgan barcha sa‟y-harakatlar, loyiha va dasturlar, hech shubhasiz, o„zaro ishonch va hurmat muhitini mustahkamlab, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan qo„llab-quvvatlanmoqda va qardoshlarimizning manfa- atlariga to„liq javob beradigan bunday mintaqaviy hamkorlik izchil rivojlanmoqda. O„zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi (2017 yil sentabr) nutqida Toshkentda Afg„onistonda tinchlik o„rnatish masalasiga bag„ishlab konferensiyasini o„tkazish taklifini bergan edi. 2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkentda Afg„oniston bo„yicha yuqori darajadagi “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyasida 30 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Birinchi galdagi vazifalardan biri Afg„onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo„shilishiga har tomonlama ko„maklashishdan iborat. Afg„oniston Shimolda; Turkmaniston, O„zbekiston va Tojikiston, sharkda; Xitoy, Xindiston va Pokiston, janubda; Pokiston va g„arbda esa Eron mamlakatlari bilan chegaradoshdir. Milliy tarkib: turli xalq va elatlarga bo„linadi: pushtunlar – 48 % ni, tojiklar – 25 % ni, xazarlar – 19 % ni, o„zbeklar – 6 % ni qolganlar esa boshqa xalklarni vakillar hicoblanishadi. Bugungi kunda Afg„oniston Islom Respublikasi hududida turli manbalarga ko„ra 2,7-3,5 million atrofida o„zbeklar yashaydi. Afg„oniston bir necha marotaba bosib olingan, lekin hech qaysi davlat uni o„ziga bo„ysundira olmagan. Ekspertlarning fikricha, respublika hukumati 2015 yil noyabrida mamlakat hududining 72 foizini nazorat qilgan bo„lsa, 2016 yil noyabriga kelib, bu raqam 57 foizgacha qisqardi. So„nggi olti oy mobaynida “Tolibon” harakati o„z pozitsiyalarini mustahkamlab oldi, Respublika sharqida joylashgan Nangarhar viloyatida ISHID terrorchilik guruhi jangarilari paydo bo„ldi. Ma‟lumotlarga ko„ra, Afg„onistonda 900 ming ayol taqiqlangan moddalarni iste‟mol qiladi. Narkotik moddalarga qaram 10 yoshgacha bolalar soni esa 100 mingga yaqin. Mamlakatda reabilitatsiya markazlari atigi 20 taga yaqinligi tashvish uyg„otadi. 2017 yilda Afg„onistonda “Tolibon” va ISHID terrorchilik guruhining hujumlari oqibatida 10 mingdan ko„proq tinch aholi halok bo„lgan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma‟lumotiga ko„ra, Afg„oniston shimolida Suriyadan qochgan qariyb sakkiz ming jangari joylashgan. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O„zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan chiqqan ko„plab fuqarolar bor. O„zbekiston va Afg„oniston o„rtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 13 oktabrda o„rnatilgan. Ikki tomonlama hamkorlik 2016 yilga kelib, izchil rivojlana boshladi. 2017 yil yanvarda Toshkentda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o„rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo„lib o„tdi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg„oniston bo„yicha maxsus vakili tayinlangani mamlakatning ikki tomonlama munosabatlarga ajratayotgan e‟tibori namunasi bo„ldi. O„zbekiston Afg„onistonda tog„-kon sanoati, qurilish, energetika, ta‟lim sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda. O„zbekistonlik quruvchi va mutaxassislar tomonidan “Termiz – Hayraton – Mozori Sharif” temir yo„li qurilib, foydalanishga topshirilgan. O„zbekiston mutaxassislari tomonidan “Mozori Sharif – Hirot” temir yo„li va “Surxon – Puli Xumri” elektr uzatish liniyasi qurish bo„yicha yirik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afg„oniston fuqarolariga tibbiy xizmat ko„rsatish uchun sharoitlar yaratildi. Afg„oniston uchun turli soha mutaxassislarini tayyorlash maqsadida Surxondaryo viloyatida maxsus ta‟lim markazi tashkil etilgan 3 . Afg„onistonlik yoshlar mazkur markazda ikki yil davomida o„zbek tili va adabiyoti yo„nalishida pedagogik tahsil olishadi. Shundan so„ng o„z yurtlariga qaytib, sohalari bo„yicha afg„on o„quvchilariga dars berishadi. Markazda dastlabki bosqichda o„zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta‟lim yo„nalishida 97 nafar talaba, shu jumladan, 86 nafar o„g„il bola va 11 nafar qiz bolani o„qitish nazarda tutilgan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag„rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e‟tiqodidan qat‟i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O„zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo„nalishlaridan biri etib belgilangan. Bugungi kunda respublikamizda faol «xalq diplomatiyasi» asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o„zaro foydali munosabatlarni yo„lga qo„yish, xorijiy mamlakatlar bilan do„stona munosabatlarni va madaniy- ma‟rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o„z faoliyatini O„zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma‟naviy qadriyatlari, milliy an‟analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O„zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik va madaniy-ma‟rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do„stlik jamiyatlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o„rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta‟minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko„p millatli yagona oila tuyg„usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do„stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo„llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma‟rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ„ibotiga, shuningdek, ushbu yo„nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga yo„naltirilgan davlat siyosatini bosqichma-bosqich ro„yobga chiqarish maqsadida Respublika baynalmilal madaniyat markazi va do„stlik jamiyatlarining Markaz negizida 2017 yil 19 майdagi PF-5046-sonli “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik aloqalari qo„mitasi tashkil etildi. Qo„mitaning asosiy vazifalari sifatida: jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag„rikenglikni ta‟minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do„stlik va ko„p millatli yagona oila tuyg„usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash; do„stona xalqaro aloqalarni yo„lga qo„yish, o„zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do„stlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish; davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do„stlik jamiyatlari bilan o„zaro aloqasi va hamkorligini ta‟minlash; mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o„ziga xos milliy an‟analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko„maklashish; xorijiy mamlakatlarda davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida O„zbekistonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targ„ib qilish; millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg„unlashtirishga bag„ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilishda ko„maklashish va bevosita qatnashish belgilandi. O„zbekistonda ko„ptilli ta‟lim va nashrlar: Davlat ta‟lim muassasalarida o„qitish 7 tilda olib borilmoqda. MTRK o„z ko„rsatuvlarini 12 tilda namoyish etadi, o„ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Xalqlar do„stligi kuni: BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul – Xalqaro do„stlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana O„zbekistonda “Xalqlar do„stligi kuni” deb belgilandi. 2021 yilning 11 avgust kuni Prezidentning qarori bilan “Vatandoshlar” jamoat Download 110.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling