fondi tashkil etildi.
Fondning asosiy maqsadi: xorijiy mamlakatlarda
istiqomat qilayotgan
vatandoshlarni o„z tarixiy vatani oldida jipslashtirish, ularning qalbida, ongida yurt
bilan faxrlanish tuyg„usini
yanada yuksaltirish, qolaversa, ularning xorijda tashkil
etgan jamoat tashkilotlariga amaliy yordam berish,
mamlakatimizning iqtisodiy-
ijtimoiy rivojida ularning ishtirokini ta‟minlashdan iborat.
Fondning vazifalari: birinchi navbatda, xorijdagi vatandoshlarimizning jamoat
tashkilotlari, birlashmalari bilan aloqalarni o„rnatish, ularga huquqiy, moddiy, amaliy
yordam berish. Bundan tashqari,
xorijda istiqomat qiluvchi, ulkan ilmiy-amaliy
tajribaga ega bo„lgan olimlar, professionallar bilan turli loyihalar ustida ishlash.
Ushbu loyihalar sirasiga xorijdagi vatandoshlarimiz orasida o„zbek tilining adabiy
merosini talqin qilish maqsadida bir qator tadbirlar o„tkazish, ushbu tadbirlarda
ko„zga ko„ringan olimlar,
fan arboblari, sportchilar, diniy ulamolar, san‟at va
madaniyat vakillari ishtirokini ta‟minlash kabilar kiradi. Bir so„z bilan aytganda, chet
eldagi vatandoshlarimiz bilan tizimli hamkorlikni yo„lga qo„yish, bu yo„lda tegishli
vazirliklar, muassasalar uchun takliflar ishlab chiqish
fond asosiy vazifalari
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O„zbekiston Respublikasida tarixiy jihatdan qisqa bir
davrda xalqaro munosabatlarni yo„lga qo„yish va rivojlantirish bobida bir necha
o„n yilliklarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O„zbekiston o„zining tinchliksevar,
yaxshi qo„shnichilik, o„zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan
butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o„zining munosib o„rnini egalladi, uning
mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. O„zbekiston Respublikasining tashqi
siyosiy faoliyati uning milliy mustaqilligi, siyosiy va iqtisodiy erkinligi, suverinitetini
mustahkamlash va keskin ijtimoiy-siyosiy muammolarni
muvaffaqiyatli hal qilish
uchun katta ahamiyatga egadir.
O„zbekistonning xalqaro munosabatlardagi erishgan o„ttiz yillik tajribasi shuni
ko„rsatadiki, mustaqil tashqi siyosat olib borish, davlatlararo munosabatlar yunalishi
va ustuvorligini belgilash,
uni yanada
rivojlantirish, tinch-totuv yashash
tamoyillarini barqarorlashtirish, teng huquqli munosabatlar va o„zaro manfaatli
hamkorlik, keng miqyosdagi kichik va tashqi muammolarni
hal qilishga imkon
beradi.