12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)
Download 110.88 Kb. Pdf ko'rish
|
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
Birinchi. Bugungi real voqelik Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikning
yangi modelini shakllantirish yo„lida qat‟iy qadamlar tashlashni talab qilmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda yangi o„sish nuqtalari va taraqqiyotimizning yangi drayverlarini belgilab olish g„oyat muhimdir. Hududlararo savdo-sotiqni yanada kengaytirish zarur. Erkin savdo tartibiga to„liq o„tish maqsadida mavjud to„siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali mustahkam qo„shimcha qiymat zanjirlarini yaratish mumkin bo„ladi. Buning uchun mintaqa tadbirkorlari va hududlari o„rtasida to„g„ridan-to„g„ri biznes munosabatlarini o„rnatishni rag„batlantirish hamda muntazam ravishda investitsion va iqtisodiy forumlar o„tkazishni yo„lga qo„yish zarur. Bu sohada ilgari surilgan muhim tashabbus va takliflarni inobatga olgan holda, Mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikning umumiy yo„nalishlari to„g„risidagi bitimni qabul qilish maqsadga muvofiq. Ikkinchi. Markaziy Osiyo davlatlarining mushtarak strategik manfaatlarini hisobga olgan holda, mintaqaning transport va tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo„yicha tashabbuslarni ilgari surish zarur. Markaziy Osiyo davlatlaridagi rivojlangan va bir-biriga integratsiyalashgan transport tizimlari mintaqani Yevroosiyo qit‟asining muhim transport xabiga aylantirish bo„yicha ishlarni davom ettirish kerak. Shu nuqtai nazardan, mavjud transport yo„laklari va infratuzilmalaridan, jumladan, Kaspiy dengizi portlari, yirik transchegaraviy logistika markazlaridan to„liq foydalanish yuzasidan aniq takliflarni ilgari surish bilan birga kelajakda Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar transafg„on koridori, Xitoy – Qirg„iziston – O„zbekiston avtomobil va temir yo„llarining imkoniyatlaridan foydalanish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, sanitariya talablariga amal qilgan holda, Markaziy Osiyo mamlakatlari o„rtasida to„laqonli transport qatnovlarini tiklash ham muhimdir. Uchinchi. Milliy iqtisodiyotlar va aholi nufusining o„sishini hisobga olsak, mintaqaning energetik xavfsizligi masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu munosabat bilan, “yashil” energetika va energiya sohasidagi samarador texnologiyalarni joriy etishga alohida e‟tibor qaratib, bu borada Markaziy Osiyo davlatlari bilan o„zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo„yicha sa‟y-harakatlarni davom ettirish kerak. Buning uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari elektr energiyasini muvofiqlashtirish kengashining faoliyatini kuchaytirish, uning mandat va vakolatlarini kengaytirish, shuningdek, mintaqa davlatlarining ushbu tuzilmadagi vakillik darajasini oshirish ishlari amalga oshiriladi. To„rtinchi. Pandemiya sharoitida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash muammolari keskin tus olmoqda. Jahonning ma‟lum bir mintaqalarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshishi va ularning yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo„jaligi vazirlarining uchrashuvlarini doimiy ravishda o„tkazib borish haqidagi tashabbus ilgari surilgan. Bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning sifatini nazorat qilish, jumladan, xalqaro bozorlarga yetkazib berish bo„yicha aniq yo„nalishlar va qo„shma dasturlarni belgilab olishga xizmat qiladi. Download 110.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling