12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)


Download 110.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana31.01.2024
Hajmi110.88 Kb.
#1833036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni

Birinchidan, bu savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash 
hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar 
yaratishdir. 
Qozog„iston va O„zbekiston o„rtasida o„zaro tovar ayirboshlash hajmini
5 milliard AQSH dollarigacha yetkazish bo„yicha aniq maqsadlar belgilab olingan. 


O„zbekiston va Qirg„iziston o„rtasidagi o„zaro tovar ayirboshlash hajmi 2016 yil 
oxiriga kelib 23 foiz o„sgan holda, 2017 yilning birinchi yarmida bu ko„rsatkich 
qariyb 70 foiz oshib, 112 million AQSH dollarini tashkil qildi. 
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko„ra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 
iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo„yicha hamkorlikning kengayishi mintaqa yalpi 
ichki mahsulotini yaqin 10 yilda kamida ikki barobar oshirish imkonini beradi. 
Aynan shuning uchun ham mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash barcha 
mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim omildir. 
Oxirgi to„rt yilda O„zbekistonning qo„shni davlatlar bilan o„zaro savdo hajmi 
salkam besh barobar o„sdi. 2016 yilgacha O„zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari 
bilan yillik tovar aylanmasi hajmi o„rtacha 100-150 million AQSH dollarini tashkil 
etgan bo„lsa, 2020 yil yakuni bo„yicha ushbu ko„rsatkich o„rtacha 53 foizga ko„paydi. 
Tovar aylanmasi Qirg„iziston bilan 8 barobar, Tojikiston va Turkmaniston bilan
5 barobar, Qozog„iston bilan esa 1 milliard dollarga o„sdi. 
Ikkinchidan, mintaqaning tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali 
foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta‟minlash lozim. 
So„nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarini bog„lab turgan eng muhim 
transport yo„llari qayta tiklandi va modernizatsiya qilindi, yangi yer usti va havo 
yo„llari ochildi. Joriy qilingan o„zaro chegirmalar natijasida yuk tashish, avvalo, 
tranzit hajmi ortdi. 
“O„zbekiston – Turkmaniston – Eron – O„mon” transport yo„lagining uchastkasi 
qurilishi muhim ahamiyatga ega ishlar sirasiga kiradi. Amudaryo orqali 
“Turkmanobod – Forob” temir yo„l va avtomobil ko„priklari ochildi. 
Shu asnoda “O„zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Janubiy Kavkaz” 
yo„nalishi bo„yicha Boku – Tbilisi – Kars hamda Gruziya, Turkiya, Ruminiya va 
boshqa davlatlarning Qora dengiz portlariga chiqish yo„llari bilan oraliq transport-
kommunikatsiya magistralini barpo etish uchun qulay imkoniyat yaratildi.
1

Download 110.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling