12-mavzu: yangilanayotgan o‘zbekiston: harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. Reja


Download 43.53 Kb.
bet7/8
Sana17.12.2022
Hajmi43.53 Kb.
#1025038
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-MAVZU. YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON - HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARI...

Qonun ustuvorligi

– ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy xayotning barcha sohalarida qat'iy xukmron bo'ladi. Ya'ni xech kim, xech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo'ysunmasligi mumkin emas, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, xech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.

Qonunchilik palatasi

– O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellikta deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko'rsatishiga asoslanadi.

Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari

– insonga bekamu-ko'st yashash imkoniyatlarini beruvchi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy soxalarda o'zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta'minlovchi huquqiy maqom. Inson va fuqarolarning huquq xamda erkinliklariga rioya etish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosidir.

Partiya

– (lot. partio — bo‘lak, qism) G‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari bir bo‘lgan kishilar guruhidan iborat, muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy tashkilot.

Modernizatsiya

– (modern – zamonaviy) yangilanish, zamonaviy; davlat, jamiyat, iqtisodiyot, texnologiya va boshqa sohalarning yangilanishi, yangi uslublar, ixtirolarning qo‘llanishi asosidagi o‘zgarishlar.

Konsepsiya

– biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki qarashlar majmui.

Strategiya

– uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni istiqbolli dinamik aniqlab olish.

Sanksiya

– huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.




Download 43.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling