12-mavzu: yangilanayotgan o‘zbekiston: harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. Reja
-yil mobaynida sanoat korxonalari tomonidan 144,2 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, o‘sish sur’ati avvalgi yildagiga nisbatan 107 foizni tashkil etadi
Download 43.53 Kb.
|
12-MAVZU. YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON - HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARI...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish
- 2022-2026.strategy.uz , jamoatchilik.uz, regulation.gov.uz va telegram messenjeridagi maxsus kanallar orqali
2017-yil mobaynida sanoat korxonalari tomonidan 144,2 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, o‘sish sur’ati avvalgi yildagiga nisbatan 107 foizni tashkil etadi.
Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, O‘zbekistonda iqtisodiy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha yondashuv o‘zgarayapti. Bu, avvalambor, aholining iqtisodiy faolligini oshirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgandir. Bunda asosiy e’tibor yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda kengaytirishga xorijlik sheriklar va investitsiyalarni jalb etishga qaratilmoqda. Chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni tashkil qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimiz hududlarida erkin iqtisodiy zonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilayapti va ularning geografiyasi kengayib bormoqda. 2018-yilda mamlakatimizda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ko‘rilgan tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Kelgusida O‘zbekiston iqtisodiyotining faxri bo‘ladigan yirik majmua – Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan bo‘lsa, 2017-yil 6-iyulda “Jizzax” erkin iqtisodiy hududida “Peigeot” va “Citroen” yengil avtomashinalarni ishlab chiqaradigan zavod qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Bularning barchasi mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning asosi bo‘lgan ishlab chiqarishni kengaytirish deganidir. “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta’minoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda6. “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017-yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda. Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion so‘m va 8,3 milliard AQSH dollari yo‘naltiriladi. Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tuzilmoqda. Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo‘nalishining har biri bo‘yicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan. Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda. Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishlaydi. 2021-yil 24-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun navbatdagi saylov bo’lib o’tdi. Saylovda mavjud 5 ta partiya: “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan Bahrom Abduhalimov nomzodi; “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov nomzodi; O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan Maqsuda Vorisova nomzodi; O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodi; O’zbekiston Ekologik partiyasidan Narzulla Oblamurodov nomzodi ilgari surildi. Saylov natijalariga ko‘ra Mirziyoyev Shavkat Miromonovich muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foiz ovozi bilan g’alaba qozondi va ikkinchi muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida saylandi. Prezidentlikka nomzod sifatida saylovoldi dasturlarida ilgari surgan taklif va g‘oyalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu munosabat bilan mamlakatimiz rivojlanishini keyingi besh yilda yanada yangi bosqichga olib chiqish uchun “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ishlab chiqildi. “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Prezident Farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Muhokama 2021-yilning 31-avgustidan – 2022-yilning 15-yanvarigacha davom etdi va 2022-2026.strategy.uz, jamoatchilik.uz, regulation.gov.uz va telegram messenjeridagi maxsus kanallar orqali jami 17 535 ta takliflar bildirildi. Shundan so‘ng, 2022-yil 28-yanvarda O‘zbekiston Reaspublikasi Prezidentining PF-60-sonli “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohatlar asosida “Inson qadri uchun” tamoyilining ustuvorligi ta’kidlandi. Ushbu Taraqqiyot strategiyasi quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iboratligi belgilandi: Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash; Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichqa olib chiqish; Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondoshish; Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Download 43.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling