12-mavzu: yangilanayotgan o‘zbekiston: harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. Reja
Download 43.53 Kb.
|
12-MAVZU. YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON - HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARI...
Nazorat savollari:
1. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi qachon qabul qilindi? 2. Harakatlar Strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishdan iborat va ularning mohiyati. 3. Jamiyatni demokratlashtirishda xalq qabulxonalarining tashkil etilishi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi nimalardan iborat? 4. Sudyalar Oliy kengashining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalarini sanab o‘ting? 5. Chet el investitsiyasini jalb etish va xalqaro bozorga chiqishning yangi bosqichi nimalardan iborat? 6. O‘zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi Qarorining nogironlarni uy bilan ta’minlashdagi o‘rni. 7. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsplari nimalardan iborat? Testlar 1. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi nechanchi yilda tasdiqlandi? A) 2016 yil 12 noyabr B) 2016 yil 10 noyabr S) 2017 yil 7 fevral D. 2017 yil 10 noyabr 2. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab oladi? A) 5ta B) 6 ta S) 7 ta D) 8 ta 3. Harakatlar strategiyasiga qanday masalalar kiritilgan? A) ijtimoiy-siyosiy, sossal-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari B) ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini rivojlantirish masalalari S) mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari D) siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini rivojlantirish masalalari 4. Harakatlar strategiyasining maqsadi? A) ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so‘zda emas, amalda tamilanishi hamda axborot, so‘z yoxud saylov erkinligiga erishishda yangi huquqiy mexanizmlarni yaratish B) yoshlar huquqiy islohotlarning mazmun va mohiyatini anglash hamda idrok etish orqali davlat hokimiyati yoki boshqaruvi jarayonida qatnashish vositasida o‘z huquqiy imkoniyatlaridan real foydalana olishini yaratish S) olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini taminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizasiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish D) so‘z yoxud saylov erkinligiga erishishda yangi huquqiy mexanizmlarni yaratish 5. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining yo‘nalishlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni toping? A) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. B) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. S) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. Sud-huquq tizimini isloh qilish. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. D) Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. 6. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaga kim rahbarlik qiladi. A) O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoev B) O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov S) O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri birinchi o‘rinbosari A. Ramatov D) Senat raisi. 7. Birinchi yo‘nalishda nechta band qamrab olinadi? A) 4 ta B) 3 ta S) 5 ta D) 7 ta 8. Birinchi yo‘nalishning maqsadi? A) demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda parlament hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish B) sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash S) makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish suratlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish D) Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 9. Birinchi yo‘nalish bandlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni toping? A) Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish.Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish B)Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish. S) Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. D) Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish. 10. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishining birinchi bandida qanday vazifalar qamrab olingan? A) davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. B) jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat ashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish. S) davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish. D) Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 11. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishining ikkinchi bandida qanday vazifalar qamrab olingan? A) davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini amaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish B) jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish. S) Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. D) davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish. 12. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga oid masalalar Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida belgilangan? A) birinchi B) ikkinchi S) uchinchi D) beshinchi 13. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda qanday vazifalar qamrab olingan? A) “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish B) davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish S) Nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish D. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 14. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi qanday nomlanadi? A) Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini taminlash B) iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish S) Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash. D) qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 15. Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishi qanday masalalarni nazarda tutadi? A) davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazib borishni nazarda tutadi B) qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini taminlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. S) ijtimoiy sohani rivojlantirish, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishni nazarda tutadi D) Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 16. Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishi nechta banddan iborat? A) 4ta B) 5 ta S) 6 ta D) 8 ta 17. “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirishga oid masala qaysi yo‘nalishda qamrab olingan? A) uchinchi B) beshinchi S) ikkinchi D) to‘rtinchi 18. Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari qaysi yo‘nalishda qamrab olingan? A) Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari B) Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari S) Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari D) Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni taminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 19. Yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini taminlashga oid masalalar qaysi bandda belgilab berilgan? A) Talim va fan sohasini rivojlantirish B) Qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish S) Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish D) davlat boshqaruvini demokratlashtirish 20. Talim va fan sohasini rivojlantirish bandining vazifalarini aniqlang? A) talim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy talim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy talim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish va h.k. B) o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy talim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish V) siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy talim va marifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilash D) mamlakatimizda huquqiy talim va marifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilash hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish 1 Qurbonov М. Fidoying bo‘lgaymiz sening O‘zbekiston. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. 2 Мirziyoyev Sh.М. Qonun ustuvorligi va qonun manfaatlarini ta‘minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. 3 Qurbonov М. Fidoying bo‘lgaymiz sening O‘zbekiston. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. 4 Мirziyoyev Sh.М. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Т.:”O‘zbekiston”, 2016. – B.15. 5 Мurtozayevа R.Х. (hammualliflikda) 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturini o‘rganish bo‘yicha. O‘quv qo‘llanma. – Т.:”Ma’naviyat”, 2017. – B. 15-25. 6 Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatmizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga ba‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruza. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. Download 43.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling