12-mavzu: yangilanayotgan o‘zbekiston: harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. Reja


Tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy prinsiplari va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish mexanizmlari


Download 43.53 Kb.
bet4/8
Sana17.12.2022
Hajmi43.53 Kb.
#1025038
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-MAVZU. YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON - HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARI...

4.Tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy prinsiplari va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish mexanizmlari.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
- makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish;
- tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish;
- qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish;
- iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish hamda uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;
- viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali hamda optimal foydalanish3.
2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
2017-yilda Harakatlar strategiyasi doirasida iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi.
Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning samarali sharti – dunyo bozoriga chiqish, kichik biznes va tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatda, investitsiyalar jalb qilishda qatnashishi, yangi, zamonaviy texnologiya va menejmentni joriy etishdir.
Noaniqliklar manbai bo‘lgan globallashuv sharoitida dunyo iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va tizimli islohotlarni amalga oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ning ahamiyati ortib bormoqdaMa’lumotlarga ko‘ra, “Xitoyda ish bilan band aholining 81,4 foizi, yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 54,3 foizi, Yaponiyada mos ravishda 70,8; 67,0 foizi, AQSH da 50,6; 53,1 foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda
O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar milliy iqtisodiyotimizda xususiy mulkning o‘rni va rolini, YAIMdagi ulushini izchil oshirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentligiga saylangan birinchi kunlaridanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish siyosatini yuritmoqda. Bugun O‘zbekiston iqtisodiyoti erkinlashtirilmoqda: kichik biznes sohiblariga nazorat yuki pasaytirilmoqda, ba’zi inspeksion tashkilotlardagi byurokratik ovoragarchiliklarga barham berilmoqda, moliyaviy, soliq va bojxona tizimlarimiz liberallashtirilmoqda, xususiy biznesni hukumatdan himoyalovchi qonunlar qayta isloh qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisi yig‘ilishidagi nutqida: “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”. Shuning uchun bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish – davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga to‘sqinlik qilish, deb baholanadi. Prinsipial jihatdan g‘oyat muhim bo‘lgan bu pozitsiyamizni yana bir bor alohida ta’kidlab o‘tishni muhim va zarur deb hisoblayman”4, deb ta’kidladi.
Prezidentning 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekis­ton Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish yo‘nalishida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, etakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirishga katta ahamiyat qaratilgan. Bu bilan, avvalo, xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadda 2017-2020 yillarda Jahon bankining 3 milliard dollarlik kreditlari hisobidan 27 ta, Osiyo taraqqiyot bankining 2,97 milliard dollarlik kreditlarini jalb qilgan holda 20 ta loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan
Shuningdek, 2017-2021 yillarda Islom taraqqiyot bankining 1 milliard dollarlik kreditlari jalb qilinib, qator investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
Davlat dasturi bo‘yicha hamda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishida korxonalarning mablag‘lari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari belgilanib, amalga oshirilmoqda. Bu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 5 yillikning oxiriga borib sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi. 2017-yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatbardosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, u jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda5.
Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi. Bu O‘zbekiston uchun 2018 yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi

Download 43.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling