12-Mavzu. Zavodning joylashishi. Vaziyatli rejalash. Nqiz va nkk yer maydonini rejali tashkillashtirish sxemasini tuzish. Reja
Qurilayotgan korxonaning direksiyasi va mualliflik nazorati
Download 194.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarajatlar bayoni
- Lokal smetalar
- Inshoot smetalari.
Qurilayotgan korxonaning direksiyasi va mualliflik nazorati. Bu bobga qurilishni nazorat qilish uchun moslamalar, qurilishi tugallangan inshootlarini qabul qilish, bo‘lajak korxonani ishlashga tayyorlash va shu kabilar kiradi.
Ishchi kadrlarni tayyorlash. Bu bobga kadrlarni tanlash, o‘qitish, komandirovkalarga jo‘natish kiritiladi. Loyixa va qidiruv ishlari. Bu bobda loyixalash tashkilotlariga pulni to‘lash, qidiruv ishlarining xarajatlari ko‘riladi. Smeta jamnoma xisoblarida shuningdek NQIK va NKK qurishda boщqa taraf uyushmalari ishtirokining xarajatlari xam xisobga olinadi. (Tozalash inshoatlari, shaxar transporti, issiqlik va suv ta’minoti). Qurilishning umumiy qiymatini tasdiqlashga berishdan oldin, barcha ishtirokchilar inobatga olinishi kerak. Smeta jamnoma xisoblarida, ko‘zda tutilmagan ishlar va xarajatlar qo‘llanmalari nazoratda tutiladi. Bu narsa NQIK va NKKni ikki bosqichli loyixalashda umumiy qurilish smeta qiymatining 7% ni tashkil qiladi. Bino va inshoatlarni bir bosqichli loyixalashda esa 3-3,5% ni tashkil qiladi. Loyixalashda ikki bosqichli smeta baxolash, qonun-qoida bo‘yicha, kattalashtirilgan smeta me’yorlari yordamida aniqlanadi va baxolanadi. Qurilish ko‘rsatgichlarini baxolash, NQI va NKKida ishlab chiqilgan. Bir bosqichli smeta qurilish ishlarida qayta qo‘llaniladigan qurilmalarga katta axamiyat berish lozim (geografik joylanishga va smetaga bog‘liq bo‘lgan, ishchi lardan tuzilgan). Bu tushintirish qog‘ozida qurilish inshooti qaysi rayonda qurilmoqda, qanday baxoda va me’yorlashtirilgan smeta xujjatlari qanday tuzilgan, smeta qurilish ishlari, montajlashtirish to‘liq keltirilgan bo‘lishi kerak. Xarajatlar bayoni. Qanday xolatda rag‘batlantirish ishlari, moddiy yordam, industrial qurilish ishlari, axolining ishchi transportidan foydalanishi, yo‘llar va boshqa muxandislik qurilish ishlari xarajatlari to‘g‘risida bayonot keltiriladi. YUqorida keltirilgan qurilish ishlari ikki va undan ortiq smeta xujjatlarining yig‘indisidan tuziladi. Lokal smetalar xujjatlarning ishchi laridan tuziladi va ishning turiga, ketgan sarf xarajatlar, kengaytirilgan smeta me’yorlari va shunga o‘xshash boshqa xisobot ishlari asosida ishlab chiqiladi xamda SN 208-81 keltirilgan xar-xil turdagi kattalikdagi smeta xujjatlar, qurilish ishlariga va jixozlash, montaj ishlari asosida keltiriladi. NQIK va NKKning loyixasini ishlab chiqishda bir necha o‘nlab lokal smetalar tuziladi. Nasos, reaktorlar, kompressorlar, quvurlar, mo‘rilar, pechlar, isitish qurilmalari, xavo almashinish konditsionerlari, ichki va tashqi suv ta’minoti inshootlari, kanalizatsiya, elektr yoritish, elektr kuchaytirish qurilmalari, avtomatlashtirish, KIPiA va operatorlik xonalari inobatga olinib tuziladi. Inshoot smetalari. Smeta xisoblarining, umumiy smeta qiymati, aloxida inshoatlar, qurilmalar, sexlar, rezervuarlar, nasoslarning umumiy smeta qiymatini berib, lokal smeta asosida xisoblanadi. Rejalashtirish ishlarini yaxshilash maqsadida qurilish montaj tashkilotlar me’yorlashtirilgan toza maxsulotlarning xisobini osonlashtirish uchun kattaliklar [1m3] [1m] kattaliklarda beriladi. Download 194.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling